Get Mystery Box with random crypto!

#Umidani_chaqiring yoxud keraksiz loyiha aslida kerakmidi? Du | https://t.me/Fikrlardan_Parcha

#Umidani_chaqiring yoxud keraksiz loyiha aslida kerakmidi?

Dunyoviy jihatdan olib qarasak juda zo'r loyihaga o'xshaydi. lekin aslida keragi yo'q. Hayolingizda darrov "Nega?" yoki "O'zi nima u" degan so'rov bo'lishi tabiiy. Hozir tushuntiraman.
Bu loyiha yordamida qizlarimiz ko'cha-ko'yda ularga bezorilik yoki jinsiy tajovuz qilgan umuman olganda ta'qibga uchragan holatlarda maxsus kalit so'z ("Umidani chaqiring")ni aytib yordam olishlari mumkin. Yordam esa o'sha yaqin atrofdagi xizmat ko'rsatish markazlari(Jamoat joylari va umumiy ovqatlanish shoxobchalari va boshqalar ) tomonidan ko'rsatiladi. (.....Bu yerda yordam haqida uzundan-uzun malumot bor deb tasavvur qilamiz )

Endi bir savolga javob bering. Musulmon qizlari ko'chaga qachon chiqishi kerak(O'zi aslida chiqishi kerakmi?). Chiqadigan bo'lsa ham qay tarzda chiqishi kerak? Ha mayli ular ham biron zarurat bilan ko'chaga chiqgan ham deylik. Musulmon yigitlar bu vaziyatda nima qilishi kerak? Nima demoqchiligimni anglayabsizmi?
Bu dinimizdagi qoida unga hamma amal qilsa hech qanday loyihalarga ehtiyoj qolmaydi.
Agar hammamiz diniy qoidalarga oyat-hadislarga to'liq amal qilsak dunyoviy qonunlarni deyarli ko'plari kerak bo'lmay qoladi. Ishonavering. Oddiy misol hech kim ko'rmagan joyda kamera bo'lmasa ham sizda gunoh/qonunbuzarlik qilish imkoniyati bo'lsa u ishni qilasizmi yoki yo'qmi. Agar qilmasangiz nima uchun qilmadingiz Allohdan qo'rqaniz uchunmi? Yoki .....
Musulmon bo'lmagan davlatlarda bu loyiha qo'l kelishi mumkin, lekin bizda emas, to'g'ri dunyoviy davlatmiz lekin ko'pchilik qismimiz musulmonlardan tashkil topgan.

Xullas har-hil loyihalar tashkil qilib ming xil kameralar qo'yib, (sohta) vatanparvarlar bilan hammasini o'nglashni iloji yo'q. Chunki ular kim uchundir xizmat qilyabdi holos, ularni masuliyati javobgarligi vaqtinchalik.

Lekin shariatimiz orqali hammasini iloji bor. Ahir hazrati Umar r.a ning xalifalik davrlarida zakot olish uchun odam topilmay qolmaganmidi?

Shu loyihaga ketgan mablag'/harakat/resurslarni dinimizni mukammal o'rganish uchun sarflaganimizda edi....

P.S.Bu parolni bilib olgan yigitlar uni eshitib surib qolsa qizni havfsiz joyga olib borishni ham keragi bo'lmay qoladi

P.S.2 Bular hammasi shaxsiy qarashlarim va fikrlarim.
Bu post bilan loyihani tanqid qilish yoki uni yomonlash niyatim yo'q. Shunchaki bizda bundan kuchli qurol turib kunimiz bunga qolganini eslatmoqchiman