2022-07-20 23:18:40
Hamma narsa bo‘yicha ham tub mohiyatni unutib qo‘yganmiz.
Asoslarga ega emasmiz, biz bilan faqat ro‘yolar qolgan.
Hammasidan ham yana necha yuz, hatto ming yillargacha(Alloh saqlasin!) shu holda qolishimiz tashvishlantiradi meni.
Hammayoqda, ayollar mavzusi. Ayollar ham ayollarni gapiradi, "erkaklar" ham. Haddan ziyod ko‘p.
"Hey baraka topkurlar, oldimizda jamiyat ilmsizlikdan parokanda bo‘lyapti. Tortishuvni to‘xtatib, o‘zingizni isloh qilinglar, axir" deydigan odam yo‘q.
Eslatib o‘taman, toki o‘z ustingizda ishlab, avvalo, o‘zingizni tuzatmas ekansiz, boshqalarni tuzatish uchun qilgan bahslaringiz ikki chaqaga qimmat bo‘lib qolaveradi.
Biz, o‘zini chin ma'noda musulmon hisoblaganlar, ko‘zimizni ochib, o‘zligimiz va vazifalarimizni bir eslab olishimiz kerak, bafurja.
Islom go‘zal muomalalar, go‘zal axloqlar dinidir.
Biz esa..
Islomda, hamma masalaning yaxshi tomoni qabul qilinishi, masalalar vazminlik, aql bilan hal qilinishi kerak.
Biz esa..
Hissiyotlarimizning qulimiz.
O‘zimizni yo‘qotib qo‘yganmiz barimiz.
O‘zimizga kelib olishimiz kerak. Biz so‘z bilan emas, amal bilan o‘rnak bo‘lishimiz kerak.
Agar shu gaplarimni o‘qigan ekasiz, bilingki, aynan sizga atalgan so‘zlarni o‘qidingiz.
Yozib bo‘lgach, o‘zim ham o‘qiyman, albatta)
Doimgidek, bu birinchi navbatda, o‘zimga eslatma
35 viewsedited 20:18