Get Mystery Box with random crypto!

Bir yahudiy inson bilan suhbatlashib qoldim. Yuragimni ilma-te | Fikrlar chorrahasi⚡️

Bir yahudiy inson bilan suhbatlashib qoldim. Yuragimni ilma-teshik qilar gaplarni aytdiyu, ammo haqiqat edi.

Bir davrada yosh bolalarning yaxshi xulqlari haqida gapira turib, "Islomiy tarbiya shunday boʻladi" deb qoʻydim.

Birozdan soʻng koʻchaga, salqin havoga chiqdim. Yonimga bir inson keldi:

"Boya aytgan gapingizga qoʻshilmayman. Agar ranjimasangiz haqiqatni aytay" dedi.

(Men matnni qisqartirish uchun faqat uning gaplarini yozaman)

"Siz musulmonlar farzandingizga aslo diniy tarbiya bera olmaysizlar.
Sizlar bolalaringizga faqat va faqat pul topish, boy boʻlish, katta hovli va mashinalar olishni oʻrgatasiz. Bu Islomiy tarbiya emas!

*

Bolangiz doktor boʻlgisi kelsa, siz "Juda yaxshi kasb. Insonlarni dardiga malham boʻlasan" demaysiz. Aksincha, "Juda yaxshi kasb. Xalq hurmatida boʻlasan, hamma seni soʻnchagingga pul soladi. Doktorni bir operatsiyasi falon pul turadi" deysiz.

Natijada bolani yoshlikdan pora, kibr va haromxoʻrlikka yoʻnaltirasiz.

*

Ularga dinni oʻrgatmagani uchun shunday demang.
Chunki dinni oʻrgangan ruhoniylaringiz ham katta biznes va sarmoya sohiblari. Minbarga chiqib olib, foiz yaxshi emas, deya oʻzlari mashinasini foizli ijaraga beradi.

Gap diniy bilimda emas, dinni mohiyatini yetkazishda!

*

Musulmonlar yashaydigan oʻlkalarga Alloh baraka bergan. Eng boy yurtlar musulmonlarniki. Ammo eng qashshoqi ham ular!

Nima uchun? Chunki faqat boylik ketidan quvasizlar. Natijada bir-biringizga gapingiz oʻtmaydi.

*

Sizga bir gapni aytaman. Bolalarga tarbiya berishni biz musulmonlardan oʻrgandik.

Biz bolani yoshligidan unga xavfli narsalarni oddiy qilib koʻrsatib, undan qanday saqlanishni oʻrgatamiz.

Masalan, 2-3 yashar bola har narsaga qiziqadi. Agar u pulga qiziqsa, biz uyni har yeriga pul qoʻyamiz. Oʻzimiz esa pulga befarq boʻlib, qoʻllarimizga kitob olamiz. Bola pulni ushlab, bizga qaraydi. Bizni diqqatimiz kitobdaligini bilgach, pulni tashlab, u ham qandaydir kitobga qarab emaklaydi.

*

Sizlar bolalaringizni ogʻziga topganingizni tiqasizlar. Biz esa keraklisini.

Masalan, bola shokoladga qiziqsa, unga shokolad beramiz, ammo oʻzimiz yemaymiz. Shuning uchun bola ham uni yemaydi. Ammo musulmonni bolasiga qarasangiz: qoʻliga nima tushsa, ogʻziga solib koʻradi.

*

Biz bolamizga kasbni oʻzimiz tanlaymiz. Sizlar esa "Kim boʻlsang boʻlaver!" deysiz, natijada bola juda kech ulgʻayadi.

*

Biz har kecha uyda kitobxonlik soati qilamiz. Ishdan charchab kelamiz, mutolaaga kuch qolmaydi. Ammo shu soatda biz kitobni ochib, unga termulib oʻtiraveramiz.

Bolalarimiz ham buni muhimligini his qilib, kitobga qiziqa boshlaydi.

*

Agar men uni injiner qilmoqchi boʻlsam, atayin uni atrofiga shu sohaga oid turli rasmdagi kitoblarni qoʻyaman.

*

Bola nimani bilsa, shuni kasb qiladi.

*

Diniy va dunyoviy taʼlimni yoshlikdan shunday bersak, kelajakda uning uchun qaygʻurishga hojat qolmaydi.

*

Men yahudiy boʻla turib, Islomni ayrim musulmonlardan yaxshi bilaman.
Istasangiz uyga kiramiz. Oʻsha davradagilarga dindan savol beraman. Barchasi javob bera olishiga ishonasizmi?
Yoʻq! Chunki ularni befahm qilib tarbiyalashgan.

*

Hozir bolam 9 yoshda. Ingliz, rus va ibroniy tilni biladi.
Har kecha onlayn tarzda Isroil olimlaridan Tavrotni oʻrganmoqda.
Xonasidagi javoni kitobga toʻla. Yadroviy fizikaga qiziqadi. Maktabni bitirib, Quddam (shahar nomi boʻlsa kerak)ga ketmoqchi.

Uni zehnli qilib tarbiya qilganimiz uchun Isroil davlati har oy menga katta maosh toʻlaydi.

*

Men har oy unga ozroqdan maosh beraman. Pul bilan muomala qilishni oʻrganishi uchun. Pulni nimaga sarflashiga diqqat qilaman. Agar yosh bolalarcha sarflasa, demak tarbiyada biroz ogʻishlik bor. Toʻgʻirlayman.

*

Musulmon bolasi pulni qandga ishlatsa, "Bolani pulga oʻrgatibsan!" deya, onasiga dakki beradi. Oʻzi esa "Oʻqisang - boy boʻlasan!" deb, uqtiradi"

...

*

Uning gaplarini chuqur oʻyladim. Aslida u haqiqatni gapirgan edi. Eng boy oʻlkada yashab turib, eng kambagʻal va madaniyatsiz edik. Demak, ayb oʻzimizda boʻlgan ekan.

"Nobel" olganlarni koʻpi yahudiy.
Eng katta biznesmen, olim, doktor va ixtirochilar ham ular.