Get Mystery Box with random crypto!

Fikrbank - Xurshid Maroziqov kanali

Telegram kanalining logotibi fikrbank — Fikrbank - Xurshid Maroziqov kanali F
Telegram kanalining logotibi fikrbank — Fikrbank - Xurshid Maroziqov kanali
Kanal manzili: @fikrbank
Toifalar: Bloglar , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 3.25K
Kanalning ta’rifi

Premium Content.
Tadbirkor Xurshid Maroziqovning shaxsiy kanali.
Bog’lanish uchun @BiradgaGapBot ga yozing.
Brending va Logolar uchun @belgikerak

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2021-06-16 22:32:02 Xozir Yorqinjon qori aka bilan yozishmalarimizmini o'qiyotgan edim... oxirgi yozganlari ramazon boshida shu xabar ekan...

Ramazonni o'tkazdik. Aka boqiyga rihlat qildilar. Barchamizga sabru jamil bersin. Oxiratlari obod bo'lsin akamizni...

@fikrbank
100 views19:32
Ochish/sharhlash
2021-06-16 15:10:52 Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф Хазратларининг хотирасига ёзилган ушбу шеър бугун яраларни янгилади. Аллоҳ Ёрқинжон қори акамизни Жаннат билан сийласин.



Оппоқ қорлар Беҳиштлардан даракмиди,
Поёндозлар тўшаб, сизни олиб кетди.
Аҳли Ислом қулади бир тоғинг яна.
Юрагида армонлари қолиб кетди.

Бу кун гувох бўлдим ғалат ходисотга.
-Шайх ўлди! деб бир бандаси эди нолон.
Амриқога етган баттол оёғимни.
Хузурига етмагани менга армон...

-Дўкон қурдим, қатор-қатор, олдим улов
Ўз ўрнимни топдим не-не давраларда
Бир боргина суҳбатларин соғинмадим.
Ғофил бўлиб ул муборак лахзаларда.

Юзга кирса , мингга кирса бўлмасмиди,
Қуёш янглик сочиб илм зиёсини
Бир шаҳарда, бир даврда яшабману.
Олмабмана биттагина дуосини.

Бу бандага юпанч қайда, пушаймони
Виждонини доғлаб-доғлаб ўртар эди.
Атрофидан кимдир йиғлаб, кимлар бефарқ
Замондошлар индамасдан ўтар эди.

Қийналмасдан жон бермоқ хам саодатдир!
Дея қалбга таскин бердим кўкка қараб.
Маволалардан титратгувчи наъра келди:
Хазратимни риёкорлар еди Ё, Раб!

Йиғланг иним, бир яхшига камайди дун,
Йиғланг оға , Алломайи жахон кетди.
Юзларидан тараларди илохий нур.
Раббим суйган покизадил инсон кетди.

Фосиқ сиққан, қаллоб сиққан майдонинга
Фариштақалб фозилингни сиғдирмадинг.
Жохиллари устун бўлган жахонинга
Нечук шундай оқилингни сиғдирмадинг.

Фитна бирла қаро қилиб ислом юзин,
Бир ўзакли биродарлар ётлашмоқда
Ўзга эмас, ўзингники ўйиб кўзинг.
Қон-қариндош душман каби довлашмоқда.

Йиғла юртим, қадим Кўкча мозорида.
Яна битта донишдилинг топди ором.
Бу дунёнинг ҳеч тугамас озорида.
Дуоларга махтал бўлиб қолди авом.

Чорладими Ал Бухорий суҳбатлари.
Пайғамбарлар саломига муштоқмиди?
Зиёратлар қиёматга қолди мана.
У Яратган жамолига муштоқмиди?

Йиғла дунё, бир яхшингни асролмадинг.
Энди бошинг емасайди қабохатлар.
Одамзодни хар куни минг ўлдирмокда.
Бани башар қалбидаги Қиёматлар.
М.Иброхимова

@fikrbank
1.9K viewsedited  12:10
Ochish/sharhlash
2021-06-11 12:34:05 Ё Аллоҳ, Қиёматда мен билан муомалада фақат шу ҳадисни ҳужжат қилгил!

Ибн Умар розияллоҳу анҳу ривоят қиладилар: "Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг шундай деганларини эшитдим: "Мўмин одам Қиёмат куни Раббисига яқинлашади. Шунда У унинг пардасини очади ва у гуноҳларига иқрор қилдиради: "Бу гуноҳни танидингми? Мана бу гуноҳниям танидингми?" дейди. Банда: "Ҳа Раббим, танидим" дея жавоб қилади. Шунда У: "Сенга уларни сатр қилгандим, энди бугун уларни кечираман", дейди ва яхшиликлари саҳифасини беради".

Муттафақун алайҳ
1.7K views09:34
Ochish/sharhlash
2021-05-30 07:20:00
Coming Soon
In shaa Allah.

@fikrbank
1.7K views04:20
Ochish/sharhlash
2021-05-27 13:34:00
Mendan yoshlar qaysi kitobni tavsiya qilishimni, marketing bo'yicha shaxsiy qarashlarimni, hayotiy tajribalarim bilan o'rtoqlashishimni so'rashishadi. Shu va shu kabi mavzular haqida ko'pchilikning e'tiboriga tushishga ulgurgan "Osmondagi bolalar" loyihasining 9-sonida batafsil aytib o'tganman.

Ko'rsatuvning YouTube sahifasi obunachilari soni 100k bo'lishga yaqinlashganligi — quvonarli hol. Loyiha tomonidan tashkillashtirilgan suhbatlarni yana ham ko'pchilik ko'rishini, qo'llab-quvvatlashini istagan bo'lar edim! Bu orqali nafaqat o'zingizga, balki yaqin birodarlaringizga ham naf bera olsangiz, ajab emas.

Osmondagi bolalar loyihasining ijtimoiy tarmoq sahifalari:
YouTube | Instagram | Telegram | Facebook | TikTok
7.1K views10:34
Ochish/sharhlash
2021-05-24 00:34:44 Italiyada tug'ruqxonalar yopilyapti; janubi-sharqiy Xitoyda arvoh shaharlar paydo bo'lmoqda; Janubiy Koreyada universitetlar talaba topishga qiynalyapti; Germaniyada esa yuz minglab uylar buzilib, o'rniga parklar qurilgan, deb yozmoqda "Nyu-York Tayms" gazetasi. Chunki aholi soni kamayib bormoqda.

Deyarli barcha davlatlarda o'sish sekinlashgan. Global demografik o'zgarishlarni taxmin qiluvchi modellarga ko'ra, asr o'rtalariga borib tarixda ilk bor insoniyat soni qisqarishga yuz tutishi mumkin. 2100-yilda esa aholi soni bo'yicha Nigeriya Xitoydan o'tib ketadi.

Rivojlangan dunyoda tug'ish darajasi eng past ko'rsatkich Janubiy Koreyada. Bu yerda bitta ayolga 0,92 ta bola to'g'ri kelmoqda. Ya'ni, yuzta ayoldan 92 ta bola qolmoqda. Ularning kamida sakkiztasi umri davomida umuman tug'mayapti, deyish ham mumkin. Mamlakatda 18 yoshlilar soni 1992-yilda 900 000 ta bo'lgan; hozir esa 500 000 ta. 30 yil ichida 45 foiz kamayish!

Italiyada ham ahvol og'ir. Kaprakotta shaharchasida 18-asrda qurilgan bir ko'hna bino peshtoqiga "Bolalar bog'chasi" deb yozib qo'yilgan; chunki haqiqatda bu yer bir paytlar yosh bolalar maktabi bo'lgan. Hozir esa undan qariyalar uyi sifatida foydalanishmoqda. 5000 kishi yashagan shaharchada hozir bor-yo'gi 800 odam istiqomat qiladi; aksariyati keksalar.

Xitoyning qariyb 1,5 milliardlik aholisi asr oxiriga borib 730 millionga tushishi kutilyapti. Xegan shahrida 55 kv. metrlik bir xonali kvartirani $3000 ga sotib olish mumkin. Chunki oladigan odam yo'q.

Yaponiyada tagliklar (pampers) chaqaloqlardan ko'ra keksalar uchun ko'proq sotilmoqda.

Aholi sonining qisqarishi nega xatarli?

Zamonaviy iqtisodiyotda qisqarish u yoqda tursin, turg'unlik (bir joyda qotib qolish) ham yaxshi xabar emas. Iqtisodiyot doim kengayib borishi kerak.

Har doim barqaror iqtisodiy taraqqiyot drayveri sifatida yoshlar ko'riladi. Yosh avlod iqtisodiyotdagi bo'sh ish o'rinlarini to'ldirib, iqtisodiyotga yangi iste'molchilar sifatida qo'shilib, yalpi ichki mahsulot miqdorini muttasil oshirib boradi. Bu drayverning cho'g'i pasaysa, salbiy oqibatlari uzoq muddatda juda ayanchli bo'ladi.

Masalan, mamlakat o'z resurslarining asosiy qismini ishlamaydigan avlod - keksalarni parvarishlash uchun sarflashiga to'g'ri keladi. Bu esa, agar o'nglanmasa, borib-borib davlatlarning butunlay tanazzuliga olib borishi mumkin.

O'zbekiston uchun bu muammo dolzarbmi?

O'zbekistonda tug'ilish sur'ati past emas. Aholi demografik jihatdan juda yosh: jami aholining 34 foizini 14 yoshga to'lmaganlar tashkil etadi.

Mamlakatda har bir ayolga 2,42 ta bola to'g'ri kelmoqda. Bu degani, har 100 ta ayol o'zidan 242 ta farzand qoldirmoqda. Bu, albatta, yaxshi ko'rsatkish. Agar bir ayol uchun to'g'ri keladigan ko'rsatkich 2 dan pastga tushsa, bu biz uchun ogohlantiruvchi signal bo'lishi kerak.

Unutmaylik, farzandni ayol tug'adi. Bitta ayol ikkita farzand tuqqan taqdirda ham, u aholining ko'payishiga hissa qo'shmayapti, balki aholining kamaymasligini ta'minlayapti, xolos. Chunki ikkita farzand ikkita ota-onaning o'rnini egallaydi, faqat uchinchi farzandgina aholining ko'payishiga hissa qo'shishi mumkin. BMT hisobiga ko'ra, bir ayolga 2,1 ta bola to'g'ri kelgandagina aholi o'sishi yuz beradi. Mamlakatda o'lim darajasi yuqori bo'lsa, tug'ruqlar soni bundan ham baland bo'lishi kerak.

Xullas, yosh va soni ko'p aholi davlat uchun muhim strategik boylik hisoblanadi. Demak, O'zbekistonning eng katta boyligi - bu uning sog'lom va yosh aholisidir.

Iqtisodiyotdagi istalgan muammoga yechim topish mumkin, lekin demografik muammoga, ya'ni keksayayotgan aholini yoshartirish masalasiga yechim topish deyarli imkonsiz.

Xitoyda aholi sonini muvozanatda ushlab turish uchun uzoq yillar oilada bittadan ortiq farzand ko'rish taqiqlangan edi. Hozir bu siyosatdan voz kechgan, ammo endi kech. Chunki Xitoy aholisi tez keksaymoqda. Yoshlar farzand tug'ishni xohlamayapti.

Shunday ekan, hukumat aholining ko'payishini davlat resurslari uchun ortiqcha bosim va xarajat sifatida ko'rmasligi kerak. Aksincha, bu boylikni asrab-avaylash va yanada ko'paytirish lozim.

Behzod Mamadiev

@fikrbank
120 views21:34
Ochish/sharhlash
2021-05-21 08:35:06
Assalomu alaykum!

Bugungi kunda siz nimalarni qiymatsiz biznes deb hisoblaysiz?

Yoshlar bugun nimani boy bermoqdalar?

Birinchi qadam tashlashda uchraydigan qo'rquvni qanday qilib yengib o'tsa bo'ladi?

Bugungi kun yoshlari uchun unumli kun qanday bo'lishi kerak?

Marketing sohasiga qiziquvchilar uchun qanday maslahatlar bera olasiz?

O'qishga kira olmagan yoshlar bugun nima ish qilishi kerak?

Shu va boshqa savollarga javob olishni istasangiz 22-may, soat 14:00 da Codial Zamonaviy Kasblar akademiyasida, Girgitton taom yetkazib berish xizmati, EDU, EDU-SOFIYA xususiy maktablar hamda ʼBelgiʼʼ dizayn studiyasi asoschisi Xurshidbek Maroziqov bilan ochiq suhbatga taklif etamiz.

Murojat uchun;
@codial_admin
Tel: (99) 820-44-32

Manzil: Farg'ona shahar, Sayilgoh ko'chasi
Mo‘ljal: “Emirates” restorani ro'parasida
https://goo.gl/maps/6yQ5BYPcxVgn4y3i7

Codial — Zamonaviy Kasblar Akademiyasi
5.2K views05:35
Ochish/sharhlash
2021-05-16 22:52:37
Ko'pchilik shaxsiy xabarlar orqali ko'rsatuv ohirida Sarvarbekka sovg'a qilgan kitobimni nomini so'rashdi. O'sha kitob Bahrom Irzayev qalamiga mansub "Qo'qon tarixidan lavhalar" kitobi edi.

@fikrbank
5.7K views19:52
Ochish/sharhlash