Get Mystery Box with random crypto!

Motivatsiya (tepki) emas, muhit harakatlantiradi Oshxonaga ki | Feyams | La Tahzan

Motivatsiya (tepki) emas, muhit harakatlantiradi

Oshxonaga kirdim va tokcha ustida turgan shirinliklarga ko'zim tushdi. Avvaldan pechenni yeyishni reja qilib kirmagan va qornim och bo'lmasa ham o'ylab o'tirmay bir nechtasini paqqos tushirdim.

Agar ish stol ustida doimo yong'oq, mayiz kabilar bo'lsa ulardan birini kun davomida tatib qo'ymaslik juda ham qiyin, shundaymi? Odatlarimiz biz qaysi xonada/muhitda ekanligimizga va biz yuzlashadigan ishoralarga ko'ra o'zgaradi.

Atrof muhit bizning odatlarimizni o'zgartiruvchi ko'rinmas kuchdir. Ba'zi odatlar, tug'ma xulq-atvorimizga qaramasdan ma'lum bir muhitning qayta va qayta takrorlanishi natijasida shakllanadi.

Ota-onamiz oldida yomon odatlarimizni faollashtiruvchi "Funktsiyalar" o'chib qoladi. Ba'zilarimiz ko'cha-kuyda, bozorda navbat turishda o'zaro jahlda tortishamiz, lekin masjid tahoratxonasiga kirganimizda intizomli "Mo'min"ga aylanamiz.

Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, o'zgarishlarning aksari ichki emas, tashqi faktorlar sabablidir. Ko'rayotgan kinoyimiz, vaqt o'tkazuvchi suhbatdoshlarimiz, xullas olam va odam bilan munosabatimiz bizni biz qiladi.