Get Mystery Box with random crypto!

'Farg'onaazot' AJ ga qarashli bolalar sog'lomlashtirish oromgo | "Farg‘onaazot" AJ yoshlari



"Farg'onaazot" AJ ga qarashli bolalar sog'lomlashtirish oromgohida korxona yoshlar ittifoqi Kengashi hamda Milliy Gvardiya Farg'ona viloyati Qo'riqlash xizmati bilan hamkorlikda bolalar uchun "Kamondan o'q otish" sport turi bo'yicha musobaqa tashkillandi.

Ushbu musobaqa bolajonlar uchun juda qiziqarli bo'lib 20 dan ziyod ishtirokchilar o'rtasida g'oliblar aniqlandi. G'olib va sovrindorlar Milliy Gvardiya Farg'ona viloyati Qo'riqlash xizmati hamda "Farg'onaazot" AJ kasaba uyushma Qo'mitasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek oromgohda bolajonlar uchun sport to'garaklari qay darajada yo'lga qo'yilgani ko'zdan kechirildi.

Bunday tadbirlarni kelgusida yanada ko'plab o'tkazilishi belgilab olindi.