Get Mystery Box with random crypto!

Fabrizio Romano: “Tayyorlaning, chunki ertangi kun “Barcelona” | FCBUZNEWS

Fabrizio Romano: “Tayyorlaning, chunki ertangi kun “Barcelona” uchun aqlbovar qilmas bo’ladi!

Ez Abde bilan nima bo’lishini ko’ramiz, ayni damda “Barcelona” uning “Real Betis”ga ketishiga ruxsat bermayapti, ammo “Betis” oxirigacha harakat qiladi. Biroq hozircha “Barça” bunga qarshi. “Betis” esa osonlikcha taslim bo’lmoqchi emas.;

Joao Cancelo kelish uchun yashil chiroqni kutmoqda. “Manchester City” bilan kelishuvdagi sotib olish bandi olib tashlanadi, shu sababli bu harid “Barça”ga moliyaviy fair play qoidalarida muammo tug’dirmaydi, ammo Cancelo ushbu yashil chiroqni kutmoqda va o’shanda, u Manchesterdan “Barcelona”ga ijaraga o’tadi;

Va yana biz Joao Felix kunini ham ko’rishimiz mumkin, chunki men sizlarga iyul oyidan buyon har doim Joao Felixning pozitsiyasi transfer oynasi oxirigacha saqlanib qolishini aytganman, endi esa oxirgi muddat keldi, chunki “Barça” va “Atletico” muzokaralar o’tkazishmoqda, doimiy muhokamalar va doimiy mulohazalar davom etmoqda. Shu sababli Joao Felix va “Barcelona” hal qiluvchi pallada turishibdi. Futbolchi “Barça”ga o’tish istagini ochiq e’lon qildi va u klubga o’tish uchun hammasiga tayyor. Endi qolgan ishni “Barça” qilishi kerak.

Ko’p narsa sodir bo’lishi mumkin. Tayyorlaning, ko’p narsa bo’ladi! Here We Go!