Get Mystery Box with random crypto!

Mas'uliyat Urva ibn Muhammad rahimahulloh Yamanga voliy bo'lg | Fathulla Rejabboyev | Afasihiy

Mas'uliyat

Urva ibn Muhammad rahimahulloh Yamanga voliy bo'lganida bitta ot minib bordi. Diyor ahliga: "Xaloyiq! Men bitta ulov bilan keldim. Shundan boshqa narsa bilan chiqsam, demak, o'g'riman", dedi.

Urva rahimahulloh Yamanda 20 yil voliylik qildi. Chiqib ketayotganida bitta ulov, bitta qilich, bitta mus'hafi bor edi.

Mana biz nima uchun salaflarimizni ko'p eslaymiz. Bizda esa oldin burnini oqizib keladi, keyin esa chet el banklaridagi hisoblari bilan chiqib ketishadi.

@fathullarejabboyev