Get Mystery Box with random crypto!

O‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirish uchun mashq: Har doim | @Fasonlarr

O‘zingizga bo‘lgan ishonchni oshirish uchun mashq:

Har doim keyingi kunda qilishingiz kerak bo‘lgan bitta yoki bir nechta ishlarni yozib boring. Har bir yozilgan ishni tugatib — maqsadlaringizga etayotganingiz haqida o‘ylang.

Yoziladigan vazifalar esa odatiy bo‘lmasligi kerak. Ular sizni komfort hududidan chiqara olsin, ya’ni kundalik turmushdan boshqa — sizni oldinga intiltira oladigan biror vazifa yozishingiz kerak. Yangi, qiyin vazifalar bilan o‘zingizga ishonchni orttirib borasiz.

Vaqt o‘tishi bilan boshida qiyin ko‘ringan ishlarni uddalaganingizni ko‘rib, o‘zingizga ishonch ham ortadi. Endilikda ular sodda bo‘lib qolganini, sizning esa qo‘lingizdan ko‘proq ish kelishini tushunib yetasiz.
-
@Zinnura_biznesledy