Get Mystery Box with random crypto!

So'zdin_so'z

Telegram kanalining logotibi farqi_bormi — So'zdin_so'z S
Telegram kanalining logotibi farqi_bormi — So'zdin_so'z
Kanal manzili: @farqi_bormi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 353
Kanalning ta’rifi

So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor!
Murojaat uchun: @mirsanjars

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-29 11:30:00 #sõragan_edingiz

Savol: "Provardida" so'zining izohi haqida ma'lumot bersangiz.

Javob: PIROVARD so’zi fors-tojik tilidan tilimizga o’zlashgan bo’lib, oʻrin oti “pir” va "keltirmoq" maʼnosini anglatadigan ovardan feʼlining “ovard” oʻtgan zamon asosidan tuzilgan boʻlib, 'oxir', 'tugallanish' maʼnosini anglatadi.

O’zbek tilining izohli lug’atida “bajarish, ado etish, oxiriga yetkazish, tugallash” kabi ma’nolarni ifodalashi aytib o’tilgan. Tugalish, oxir, nihoya, soʻng.
◆ Gapning pirovardi. Ish pirovardiga yetdi. O’qishni pirovardiga yetkazmoq. Elmurod maktubni sheʼr oʻqiganday oʻqib kelib, pirovardida balandroq ovoz bilan tugatdi (P.Tursun, «Oʻqituvchi»).
◆ Yigʻilish pirovardida Qodirqulning shubhasi chippakka chiqdi (A.Muhiddin, «Inson qalbi otash»).
◆ "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz" maʼruzasida oʻrtaga qoʻyilgan vazifalar asosida (Gazetadan).

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/farqi_bormi
443 views08:30
Ochish/sharhlash
2022-05-29 09:10:22 ​​#chaqchaqlashaylik
#tanqid

Nega yig‘latishga ishqibozmiz?!

Ijtimoiy tarmoqlarda yoki televideniyeda berib borilayotgan ko‘rsatuvlarda, hattoki badiiy asarlarda ham bir narsaga juda ko‘p ko‘zim tushadi. Nimagadir e’tiborni tortmoqchi bo‘lishsa, albatta, “yig‘i” so‘zini qo‘shib qo‘yishadi. Masalan,

Ko‘ring, faqat yig‘lamang;
O‘qisangiz, yig‘laysiz;
Falonchi qori hammani yig‘latdi;
Ko‘ngli bo‘shlar, ko‘rmasin aniq yig‘laysiz;
Yig‘lmasdan
turolmaysiz;
Eshitgandan
ko‘zingizga yosh olasiz;
Quvonchdan yig‘lab yubordi;
Yig‘lab duo qildi;
Falonchi nega
yig‘ladi?
Falonchi hammasini aytib berib, yig‘ladi;
Falonchi to‘yida yig‘ladi;
U yig‘ladi, boshqalar ham chidolmadi;
Yig‘latadigan qo‘shiq;
Falonchi hofiz torni
yig‘latdi;
Ko‘zimiz yoshga to‘ldi;
Ana endi
yig‘la;
Yig‘lama
yurak…

Xullas, sanasak, bunaqa so‘zlarni hisobi yo‘q. Sabab nimada? Nega biz bunchalik yig‘iga, yig‘latishga ishqibozmiz. Kimdir kimnidir yig‘latgan bo‘lsa, bu yaxshimi? Menimcha, bu so‘zni ishlatish me’yorini buzib qo‘ydik. Juda ko‘payib ketdi, oqibatda bitta qiz tashlab ketsa, “Man chidommiyman” deb yerga yotvoladigan yig‘loqi yigitlarimiz ko‘payib ketyapti. So‘zning kuchi deganda, shuni aytishadi. Ahvolimiz yig'lashga arzigulik. Obbooo, nima deyapman?!

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/farqi_bormi
390 views06:10
Ochish/sharhlash
2022-05-28 16:18:48
#sõzdan_sõzning_farqi_bor
#chaqchaqlashaylik

So’roq olmoshlarini nutqimizda to’g’ri ishlatamizmi? “Kim?” va “Nima?” so’roq olmoshi ishlatilishidagi farqlar!
(2-maqola)

Nimangiz bo’ladi deymizmi yoki kimingiz?

Qarindoshlikni bildiruvchi otlar (ota, ona, aka, opa, tog'a, amaki, amma, xola, qaynuka...) yoki ma’lum tanishlikni ifodalovchi so’zlar (sinfdosh, kursdosh, qo'shni, do'st...) borki, biz ularga nisbatan kim? so’rog’ini ishlatishimiz lozim. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, notanish insonni kimdandir so’raganimizda “U kishi kimingiz bo’ladi?” deya savol berish to’gri bo’ladi?

Bu kishi kimingiz bo‘ladi?
Bu kishi nimangiz bo‘ladi?

Anvarjonning kimi bo‘lasiz?
Anvarjonning nimasi bo‘lasiz
?

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/farqi_bormi
317 viewsedited  13:18
Ochish/sharhlash
2022-05-28 15:56:57
#sõzdan_sõzning_farqi_bor
#chaqchaqlashaylik

So’roq olmoshlarini nutqimizda to’g’ri ishlatamizmi? “Kim?” va “Nima?” so’roq olmoshi ishlatilishidagi farqlar!
(1-maqola)

Ismingiz kim deymizmi yoki nima?

Kim?
shaxsga, nima? so’rog’i narsaga nisbatan ishlatiladi. Biz kimdandir uning ismini so’raganimizda, kim? deyishimiz uslubiy xato hisoblanadi, chunki undan ismini so’rayapsiz, shaxsini emas. Ism esa grammatikada predmet sanaladi.

Ismingiz nima?

Ismingiz kim?


Kanalga ulanish uchun
https://t.me/farqi_bormi
297 views12:56
Ochish/sharhlash
2022-05-27 13:33:24 ​​#chaqchaqlashaylik
#shevashunoslik

Ot leksemasi ishtirok etgan maqollar evfemikasi

Ot bog‘ladim bodomga, kunim qoldi nodonga. Ko‘chimi: mardning nomardga, noshudga muxtojligi - (Ot boyladim archaga (yoki hachchaga), kunim qoldi bachcha (bola)ga varian-ti ham bor).

Zamonaning ozgani - otdan eshakning o‘zgani. Ko‘chimi: aqllilar, donolar ustidan aqlsizlar va nodonlarning g‘olib kelishi.

Yaqin tursa tepishar, uzoq tursa kishnashar. Ko‘chimi: tiriklikda, omonlikda, birgalikda insonlarning bir­ birlarini qadrlariga yetmasliklari.

Sinamagan otning sirtidan o‘tma. Ko‘chimi: ehtiyot bo‘l, aks holda biror fojeaga duchor bo‘lasan.
Yigitga pand berar otning mayibi, Qoziga pand berar noshud noibi. Ko‘chimi: xiyonat-korlik, nodonlik tufayli yuzaga keladigan kulfatlar.

Yolg‘iz otning changi chiqmas, Changi chiqsa ham dong‘i chiqmas. Ko‘chimi: inson baxti -jamiyatda; bir kishi baxtli bo‘la olmaydi.

Alp - onadan, ot - biyadan, lo‘k - to‘yadan. Ko‘chimi: zoti past onadan yaxshi zurriyot qolmaydi.

Ot aylanib qozig‘ini topar. Ko‘chimi: inson qanchalik beqaror, bebosh bo‘lmasin, u baribir oilasini, vatanini tark etmaydi yoki qo‘msaydi.

Piyoda (yoki eshakli)ni­ku qo‘ying, otliqqa ham topilmaydi. Ko‘chimi: kambag‘alni­ku qo‘ying, boy­badav-latga ham yo‘q.

Ot bosmayman degan joyini ham bosadi. Ko‘chimi: insonning tark etgan, bormayman degan joyiga yana qaytib borishi.

Otning o‘limi - itning bayrami. Ko‘chimi: faqat o‘z manfaati uchun kurashuvchi xudbin shaxslar.

1-maqola, 2-maqola, (davomi bor...)

A.J.Omonturdiyev. Chorvador nutqida uy-ro‘zg‘or buyumlari nomi va maqollar evfemikasi.

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/farqi_bormi
357 views10:33
Ochish/sharhlash
2022-05-27 09:05:34 ​​#sõzdan_sõzning_farqi_bor
#chaqchaqlashaylik

O‘rik-meva-olu: bir ma’noni bildiradimi yoki farqi bormi?

Bu haqida avval ham qisman yozgandim.
O‘sha maqolada “olu” so‘zining fors-tojik tillarida “meva” ma’nosi borligi haqida ham aytilgan hamda mevalarning rangi ularning nomi kelib chiqishiga sabab bo‘lganligi qayd etilgan:

Zardoli
sariq meva, o‘rik;
Qaroli qora meva, olxo‘ri;
Shaftoliqadimgi fors tilidan tarjima qilinganda, “shafid” (yoki “safid”) so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, oq meva kabi ma’nolarni bildiradi.

“Devoni lug‘otit turk” asarida aytilishicha, "eruk" so‘zi, forslardagi “olu” vazifasini bajargan. Ya’ni “eruk” meva ma’nosini bildirib, rangi va shakliga ko‘ra meva nomlarini hosil qilgan:

Sarig‘ eruk
sariq meva, o‘rik;
Qara erukqora meva, olxo‘ri;
Tulug erukshaftoli, “tukli meva”, “oq meva”, “go‘shtli meva” kabi ma’nolarni bildirishi mumkinligi haqida taxminlar bor.

Xullas, ikkala tilda ham “meva” so‘zi turli nomlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan ekan. Faqat turkiy tillardagi “eruk” so‘zida ma’no torayishi kuzatilib, “meva” ma’nosidan faqatgina hozirgi tildagi o‘rik ma’nosini ifodalayapti, xolos.

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/farqi_bormi
314 views06:05
Ochish/sharhlash
2022-05-25 17:13:59
#imlo

Bor gaplar kanali yozishicha, bitiruvchi sinflar ishi ekan. Adminkaning gapiga qòshilaman: "Shu bitiruvchilarni yana bir yil oʻqitib, keyin darvozadan chiqarib yuboringlar, iltimos!"

Xayir

Xayr


Kanalga ulanish uchun
https://t.me/farqi_bormi
339 viewsedited  14:13
Ochish/sharhlash
2022-05-25 05:13:10
#chaqchaqlashaylik

“OʻRIK”NING ASL MA'NOSI NIMA?

Oʻzbek dasturxonidan qishin-yozin arimaydigan ushbu mevani universal neʼmat deyish mumkin, chunki uni turli paytda va holatida isteʼmol qilsa boʻladi: bahorda – dovcha (gʻoʻra), yozda – pishgan, kuz va qishda –turshak (bargak) holatida.

Turkiy soʻzlar devonini oʻqiyotib, “eruk” soʻzi bir zamonlar nayinki oʻrikning oʻzi, balki barcha mevalarning umumiy nomi (xuddi patir, shirmoy, zogʻora – hammasi nonni ifodalaganidek) sifatida qoʻllanganini bilib oldim.

ERUK – shaftoli, oʻrik, olxoʻri mevalarining umumiy nomi (41-bet).
ERUKSADI – oʻrik istadi; ER ERUKSADI – kishi oʻrik va boshqa mevalarni istadi (egisi keldi) – 125-bet.

Aytgancha, janubiy viloyatlarimizda oʻrikni zardoli ham deyishadi.

Eshmon Malla

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/farqi_bormi
350 views02:13
Ochish/sharhlash
2022-05-19 11:00:16 ​​#sõzdan_sõzning_farqi_bor

Hind va hindu: farqi nimada?

HIND
1
Hindistonda qadimdan yashab kelayotgan tubjoy aholining nomi.
Hind xalqi. (hindlar)
2 Shu xalqqa mansub, tegishli.
Hind choyi. Hind ayoli. Maʼsuma qizligida har zamonda bir – hind filmlari qoʻyilayotganda borardi kinoga.
(A. Ibodinov, Bir tomchi yosh)

HINDI(Y)
Hind xalqiga mansub shaxs.
Qayerdan boʻlsa ham, oʻsha hindini topasan va nazrini berib, yaxshilab qaytariq qildirasan.
(A. Qodiriy, Oʻtkan kunlar)
Palata eshigi oldida bizni hindiga oʻxshagan qop-qora, katta-katta koʻzlari yonib turgan bir yigit.. kamoli ehtirom bilan kutib oldi.
(A. Qahhor, Ming bir jon)

HINDLAR
Millatidan, dinidan va toifasidan qatʼi nazar, Hindistonda qadimdan yashab kelayotgan tubjoy aholi.

HINDCHA
Hind xalqi tomonidan ishlangan, yaratilgan.
Klubda hindcha kino ketayotgan ekan..
(Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol)



HINDU(LAR), indeys(lar)
1
Amerika qitʼasida yevropaliklar paydo boʻlmasdan, u yerda yashagan, hozir faqat Shimoliy va Janubiy Amerikaning ayrim hududlarida saqlanib qolgan qadimgi yerli qabila va elatlarning umumiy nomi.
2 Indeyslarga (hindular) mansub.
Indeyslarning tillari. Hindularning urf-odatlari. Indeys ayol. Hindu erkak.

O'zbek tili xazinasi

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/farqi_bormi
505 views08:00
Ochish/sharhlash
2022-05-15 11:53:02 #sõzim_ushbudir

Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik kafedrasi filologiya fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) Abdiolim Ergashevning “Bir yillik xayol tomchilari” kitobiga ustoz taklifi bilan so‘z boshi yozib bergan edim. Afsuski, o‘sha paytdagi pandemiya va karantin sababli kitob chop etilishi qolib ketdi. Ammo tahlil yozganlarim gazetada chop etilgan. Uni esa sizlarga havola qilyapman.

Bir yillik xayol tomchilari

Har yakshanbada biron bir (yosh va havaskor) ijodkor ijodiga doir tahlillarni berib borishni odatga aylantirmoqchiman. Fikrlaringizni izohlarda kutaman.


Kanalga ulanish uchun
https://t.me/farqi_bormi
955 viewsedited  08:53
Ochish/sharhlash