Get Mystery Box with random crypto!

#chaqchaqlashaylik 'Super Oy' hodisasi haqida eshitganmisiz? | So'zdin_so'z

#chaqchaqlashaylik

"Super Oy" hodisasi haqida eshitganmisiz?

Bolalar yozuvchisi Sa'dullo Quronov 1 yilda 2-3 marotaba ro'y beradigan "Super Oy" hodisasi haqida shunday ma'lumot qoldiribdi:

Bugun sizda “super Oy” hodisasini kuzatish imkoni mavjud!

Gap shundaki, bugun (13-iyul) tabiiy yoʻldoshimiz – Oy sayyoramizga maksimal darajada yaqinlashadi.

Aslida Oy va Yer oraligʻidagi oʻrtacha masofa 384 – 467 ming kilometrni tashkil qiladi. Biroq bugun Oy – oʻz orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasiga keladi va biz uni “atigi” 357 300 kilometr masofadan kuzata olamiz.

Xullas, bugun bolalar bilan Oyni kuzatishni unutmang. Bu hodisa yilda 2-3 marta boʻladi, xolos.

Do'stlaringizni ham taklif qilishni unutmang.
https://t.me/farqi_bormi