Get Mystery Box with random crypto!

#sõzdan_sõzning_farqi_bor Iyun oyi bolalar kuni bilan boshlan | So'zdin_so'z

#sõzdan_sõzning_farqi_bor

Iyun oyi bolalar kuni bilan boshlanib, yoshlar kuni bilan tugallanadigan oy!
(bolalalik va yoshlik so‘zlarining farqi bormi?)

Bir tanishimga atay yoshligiz qanday o‘tgan desam, menga soatlab bolaligini gapirib berdi. Ko‘pchilik “bolalik” va “yoshlik” so‘zlarni farqlay olmaydi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da bolalik so‘ziga 3 xil tarif berilgan bo‘lib, biz qidiryotgan tarif “Odamning hali voyaga yetmagan davri; yoshlik” dir. Tarifning oxirida yoshlik jumlasi ham qo‘shilishi barchani chalg‘itadi. Yoshlikka esa “o‘smirlik, navqironlik” tarifi berilgan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hujjatlarida bolalar va yoshlarning yosh chegarasi aniq belgilab berilgan. Unga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lganlar BOLA, 14 yoshdan yuqori 30 yoshgacha bo‘lganlar YOSHLAR hisoblanadi. 1-iyun “Xalqaro bolalar kuni”, 30-iyun “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanishidan ham bu so‘zlarning farqlanishini anglash mumkin.

Do‘stlaringizni ham taklif qilishni unutmang.
https://t.me/farqi_bormi