Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 14-iyul, Payshanba. Grigoriy taqvimi b | FarPI Akademik litseyi

Assalomu alaykum!
Bugun 14-iyul, Payshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 195-kuni.
Yil yakuniga 170 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Iroqda Inqilob kuni
Fransiyada Bastiliya qo‘lga olingan kun
Shvetsiyada malika Viktoriyaning tavallud kuni
Janubiy Osetiyada tinchlik o‘rnatuvchilar kuni
Butanda Buddaning birinchi va’zi kuni

VOQEALAR:

1894-yil — Lvovda zamonaviy Ukraina hududida birinchi futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
1897-yil — Rossiya imperiyasida rasmiy ravishda yakshanba dam olish kuni deb e’lon qilindi.
1917-yil — Finlyandiya o‘z avtonomiyasini e’lon qildi.
1971-yil — Muvaqqat hukumat Ukrainaning milliy muxtoriyati to‘g‘risidagi deklaratsiyani e’lon qildi.
1933-yil — Maks Fleysherning dengizchi Papay haqidagi birinchi multfilmi namoysh etildi.
1967-yil — Butunjahon intellektual mulk tashkilotini yaratish to‘g‘risidagi konvensiya imzolandi.

TAVALLUDLAR:

1602-yil — Julio Mazarini — siyosiy rahbar, Fransiyaning birinchi vaziri.
1800-yil — Jan Dyuma — fransuz kimyogari, organik kimyo asoschisi.
1816-yil — Jozef de Gobino — fransuz yozuvchisi, sotsiolog, irqchilik nazariyasi asoschisi.
1862-yil — Gustav Klimt — avstriyalik rassom, rassomchilikdagi moderna yo‘nalishi asoschilaridan biri.
1910-yil — Uilyam Xanna — Jozef Barbera bilan birgalikda “Tom va Jerri”ni yaratgan amerikalik animator, rejissyor va prodyuser.
1918-yil —Jey Forrester — amerikalik muhandis, birinchi kompyuterlarning yaratuvchisi.
1921-yil — Jeffri Uilkinson — ingliz kimyogari, “Nobel” mukofoti sovrindori.

Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation