Get Mystery Box with random crypto!

#actual Unga «Bitta qog'oz Alloh harom degan narsani halol qi | 𝐅𝐚𝐫𝐨𝐡𝐮𝐧

#actual

Unga «Bitta qog'oz Alloh harom degan narsani halol qilib qo'yolmaydi» desam,
“Dalil yo'qku Qur'onda bormi?” deydi..
(Истерический смех)
Tirnoqqa qo'yiladigan lakni "haloli" chiqibdi deb, ko'p muslima opa singillar o'z oyog'iga bolta uryapti.
Birgina "halol" degan sertifikat qanday qilib ularni aldab qo'yishi mumkin?
Axir, din dushmanlari Islomga putr yetkazish uchun, musulmonlarni adashtirish uchun ertayu kech xarakat qilib, va bu g'araz maqsadlari yo'lida milliardlab pul sarflayotgan bir paytda, har xil kelib chiqishi noaniq bo'lgan yangiliklarga, ergashib ketilmaydi.
Donolik, zakiylik, farosat shunaqa vaziyatlara to'g'ri yo'lni tanlay olishimiz uchun berilgan.
Dozah ahlini yarimi ayollar degan bashorat turganda, muslima oxiratidan havotir olmaydimi?
O'zini o'qqa cho'qqa urishlik bilan, g'ayri din yoki umuman dinsizlarning ayollaridan nima farqi qoladi?
Fitratga qayting.
Alloh fitratan sizni pok qilib yaratgan, o'zingizga yarashadigan ishni qiling.
Bugun din dushmanlari lakni halollab bersa, ertaga hijobni ham farz emas deyishdan tab tortmaydi.
Oy bulutlar orasida qolib ketsa ham, oyligicha qoladi. Go'zalligini yo'qotmaydi.
Siz ham, o'sha laksiz, asl fitratan go'zalsiz.