Get Mystery Box with random crypto!

Soʼz talabalarga Har bir inson orzu qiladi va uni maqsadga ay | Toshkent farmatsevtika instituti | RASMIY KANALI

Soʼz talabalarga

Har bir inson orzu qiladi va uni maqsadga aylantirishi mumkin. Hayotimizda maqsadlarimizdan orzularimiz koʼp. Biz oldimizga maqsad qoyar ekanmiz oʼsha maqsad tomon intila boshlaymiz. Inson toʼgʼri maqsad qoʼyaolishi mumkin lekin hamma ham oʼsha maqsadiga yeta olmaydi. Chunki faqatgina maqsad qoʼyish bilan ish bitmaydi. Qoʼyilgan maqsad qay daraja katta boʼlsa shuncha katta masuliyat kasb etadi. Maqsad qoʼyiladi, intiliniladi va unga yetishi yoki yetmasligi esa qay darajada mehnat qilayotganlikdadir. Maqsadga erishish yoʼlida qanday tizim qoʼllash oʼzimizga bogʼliq. Tizimni toʼgʼri tanlasak va shu maqsadga erishish tizimida mehnat qilsak bu tizim bizni maqsadlarimiz tomon yetaklaydi. Agar ish maqsad qoʼyish bilan bitganda edi eng omadsiz insonlar maqsadsiz bo'lib qolar edi.

Farmatsiya fakulteti 103-A guruh talabasi Mamurjonova Husnibonu

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring

Telegram ► Facebook ► Instagram ► www.pharmi.uz