Get Mystery Box with random crypto!

#AKT_savodxonlik #Fargona_tumani Farg'ona tumani 'Barkamol av | Farg'ona viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi || RASMIY

#AKT_savodxonlik
#Fargona_tumani

Farg'ona tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida Pedagog xodimlarning AKT bo'yicha savodxonligini oshirish maqsadida haftaning dushanba kunlari "AKT savodxonligi" darslarini o'tkazish yo'lga qo'yilgan.
Turkum darslar sifatida yo‘lga qo'yilgan tadbirlarning navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi.

ITJEIBBI bo'limi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga ko'ra tashkillangan ushbu darsda BABM dagi va maktablardagi tarmoq to'garaklarida faoliyat yuritayotgan to'garak rahbarlari hamda barcha pedagog xodimlar ishtirok etdilar. Mashg'ulotni "Kompyuter grafikasi va dizayn" to'garak rahbari M.Shoyunusova olib bordi. Dars avvalida tinglovchilarga multimediyali texnologiyalardan foydalanish bo'yicha ma'lumotlar berildi.
Shundan so'ng, Word dasturida matnlar bilan ishlash bo'yicha dastlabki ma'lumotlar o'rgatiladi.

Farg'ona viloyati "Barkamol avlod"
bolalar maktabi
Axborot xizmati