Get Mystery Box with random crypto!

Qizlar borasida ota-onalar va jamiyatda tarqalib qolgan xato f | Fara Tashkentski | Official chanel

Qizlar borasida ota-onalar va jamiyatda tarqalib qolgan xato fikrlar va ularga kichik izoh :

1. “Qiz bola o’qishi shart emas!” - Qiz bola nafaqat o'zi uchun, balki kelajak farzandlar uchun ham ikki karra o'qishi shart.

2. "O'qimasang erga beramiz" - Rahmat! Endi oila qurish shunaqa past sanaladigan bo'lib qolibdida ! Undan ko'ra, “O’qimishli, ilmli bo'lsang, bo'lajak jufting ham ziyoli inson bo'ladi inshaaAlloh" desak to’g'riroq bo'lar edi.

3. “Qiz bola faqat uyda o’tirishi kerak!” - Qiz bollar faqat uyda o’tirishi kerak bo’lsa, Ayollar shifokori kim bo’ladi ? Ayollar kiyimini kim sotadi ? Eng qiziqi ayolingni kim tug’diradi ? Erkaklarmi ?! O’zi shunaqa fikrlilar dastidan ushbu tepadagi ishlarni ham ayrim “ERKAK”lar qilishayapti.

4. “Qiz bolasan, yoshsan, o’ynab qol, hijob keyin o’rarsan” - Haaa afsuski bu gapni ko’proq “erkak”lar aytar ekan. Essiz erkaklik, essiz or. Bunday dayuslar jannatni hidini ham xidlashmaydi. U gapni o'rniga, “Go'zalligingni begona erkaklardan yashir, fitna chiqarma, hayoli bo’l” desak to'g'riroq emasmi ?!

va hkz.

Shuningdek, qizlarini faqat o’qishiga qarab, tarbiyasi, odobi, uy ishlarini o'rgatishga e’tibor bermaydiganlar ham xato qilayotganlar qatorida.

Kelayotgan Jum’a muborak azizlar

@JoshDeveloper