Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi avgust-sentyabr oylarida navbat | Fan Club Uzbekistan |🇺🇿
Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi avgust-sentyabr oylarida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Rauf Inileyev boshqaruvidagi jamoa 22-29-avgust kunlari Toshkentda mashgʻulot olib boradi. Yigʻinning keyingi qismi esa Chernogoriya hamda Vengriyada davom ettiriladi. Vakillarimiz xorijdagi yigʻin doirasida har ikkala davlat U-18 terma jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.