Get Mystery Box with random crypto!

“Zenit” klubi so’rovi bilan Milliy terma jamoamiz bilan o’yin | Fan Club Uzbekistan |🇺🇿

“Zenit” klubi so’rovi bilan Milliy terma jamoamiz bilan o’yin yopiq tarzda o’tadigan bo’ldi.

Bilasiz, O’zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Dubay shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib bormoqda.

Yig’in davomida MTJ a’zolari 3 ta o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Barcha o’yinlar O’FAning YouTube platformasidagi rasmiy sahifasida jonli efirda translyatsiyasi qilinishi reja qilingan edi.

Biroq ertaga Milliy jamoamizning NAS sport majmuasida “Zenit” klubiga qarshi o’tadigan nazorat o’yini translyatsiya qilinmaydigan bo’ldi.

“Zenit” tomoni Rossiya chempionati 2-davra bellashuvlari oldidan mazkur bahs ular uchun muhim ahamiyat kasb etishi, murabbiylar shtabi ushbu uchrashuvda jamoaning yakuniy taktik rejasini sinab ko’rishi sababli mazkur bahsni video translyatsiya qilmaslikni so’radi.

https://t.me/FAUzbekistan