Duolar ijobati beriladigan kun - JUMA muborak - Qadrliklarim! Sizlarning orangizda qalbiga Allohning nazari tushgan pokiza qalblilar bor... Duosi mustajoblar bor... So‘ragani qaytarilmaydiganlar bor... Ochiq kafti - Ochiq Qur’onga hamroh insonlar bor... DUO QILING: Umid bilan qalban Allohga yolvorayotganlar... Shifosini kutayotganlar... Ko‘nglini dunyoda qoldirib ketayotganlaridan uzilishni istamayotganlar... Shu duoyingiz sababli- yengillik topsin, huzur, shifo, osoyishtalik, sokin qalb, rozi-rizolik ularning qalbiga orom bersin... Mahzun kishini ko‘rsangiz unga ham Allohdan baxt-saodat tilab duo qiling! Tanigan va tanimagan kishining haqqiga duo qilavering! Farishtalar xar duongizda "Senga ham bo‘lsin" deb aytadi... Mo‘min-mo‘minning duoi-jonini qiladi, qilsa-savob oladi... O‘zi ham shu duodan unib-o‘sadi... ➥ @falsafasi_hayot 27.0K views03:19