Get Mystery Box with random crypto!

Ishonmang... Yaxshi o‘g‘lim bor deya, ishonmang: uylantirmasd | Hayot falsafasi 🍃

Ishonmang...

Yaxshi o‘g‘lim bor deya, ishonmang: uylantirmasdan...

Yaxshi qo‘shnim bor deya ishonmang: katta dardga yo‘liqmasdan...

Yaxshi tanishim bor deya ishonmang: boshing baloga kirmasdan...

Yaxshi ishim bor deya ishonmang: xastalanib, to‘shakka mixlanmasdan...

Yaxshi aka-ukam bor deya ishonmang: oraga moddiyat kirmasdan...

Yaxshi hosilim bor deya ishonmang: omboring bug‘doyga to‘lmasdan...

Yaxshi do‘stim bor deya ishonmang: oraga do‘st ko‘ringan birisi kirmasdan...

Raxmattulloh Doniyor

@falsafasi_hayot