Get Mystery Box with random crypto!

Kel... (Ozgina tabassum ) Menga napalyonlar, medoviklar, shi | Hayot falsafasi 🍃

Kel... (Ozgina tabassum )

Menga napalyonlar, medoviklar, shirin manti-xonimlar pishirib berish uchun kel. (Fast foodlar me'damga urib ketdi)

Har kuni "Kelyapsizmi, nechida kelasiz, nima ovqat qilay" deb telefon qilishing uchun kel. (Bezor qilib yuborsang ham mayli)

Uchlik pampers obkeling, kasha kerak, non tugadi, pul tashlab bering deb sms yozish uchun kel. (Uzundan uzun sevgi maktublari shart emas, shular o'zi kifoya)

Ishdan kelishimni intizor kutib, ketishimda "Yaxshi borib keling" deyishing uchun kel. (Shu nigohlarni ko'rish, mana shu gaplarni eshitish uchun har kuni ishga borishga tayyorman)

Ko'ylak olaman pul bering, salonga boraman pul bering, oyoq kiyim oldim pul bering... Shu seni xursand qilsa, berganim bo'lsin, faqat kel... (So'z beraman, bir so'm ham qoldirmay ishlatsang ham baqirmayman)

Hubbuna


@falsafasi_hayot