Get Mystery Box with random crypto!

Olib bersam kiymaysizmi...? Er-xotin bozor aylanishardi. Er | Hayot falsafasi 🍃

Olib bersam kiymaysizmi...?

Er-xotin bozor aylanishardi. Er xotinini sinash uchun atay bir ko'ylakni ushlab, shunday dedi.
- Onasi, balki sizga shu ko'ylakni olib berarman?
- Axvolini?! Hamma yog'i ochiq bo'lmay o'lsin.
- Nima, olib bersam kiymaysizmi?!
- Oldirmayman ham bu savilni.
- Nega? Siz ham boshqa ayollar kabi zamonaviy bo'lishni istamaysizmi?
- Zamonaviylik - ochiq-sochiq kiyinish degani emas. Men boshimdagi ro'molimdayam go'zalman.
Bozordagi bor kiyimlarni shu bitta ro'molimga almashmayman!

Er jilmayib ayoli tomon qaradi.
- Men ham sizni butun dunyo go'zallariga almashmayman, onasi!

Yaqinlarga ulashing

hijobiya1

@falsafasi_hayot