Get Mystery Box with random crypto!

Halol va harom... Bir a’robiy Qoziy Iyos ibn Muoviyaga dedi: | Hayot falsafasi 🍃

Halol va harom...

Bir a’robiy Qoziy Iyos ibn Muoviyaga dedi:

- Xurmo yesam, meni darralaysizmi?
- Yo‘q, - dedi Iyos.
- Suv ichsam-chi, darralaysizmi?
- Yo‘q.
- Sharob ham shu ikkisidan tayyorlanadi-ku! Qanaqasiga u harom bo‘lib qoladi va nima uchun uni ichganlar darralanishi kerak?!

Iyos dedi:
- Tuproq bilan boshingga ursam og‘riydimi?
- Yo‘q, - dedi a’robiy.
- Boshingga bir chelak suv quyib yuborsam-chi, boshing yoriladimi?
- Yo‘q.

- Endi suv bilan tuproqni aralashtirib, undan g‘isht yasab, g‘isht bilan boshingga ursam nima bo‘ladi?

- Boshim yoriladi.

- Ha, yasha! Sharob ham shunday ))

@falsafasi_hayot