Get Mystery Box with random crypto!

Bir tavsiya, shpargalka. 'Duoim qanday ijobat bo‘ladi?' deyi | Hayot falsafasi 🍃

Bir tavsiya, shpargalka.

"Duoim qanday ijobat bo‘ladi?" deyishadi. Duoning ijobat bo‘lishi qiyin, albatta. Gunohkormiz, gunohkor til bilan qilingan duolar ijobat bo‘lmaydi. Shuning uchun bir qancha tavsiyalar berishadi, boshqalardan duo ol, falon-pismadon. Yana bir tavsiya shuki, duoning boshida va oxirida salovot o‘qigin, chunki salovot rad etilmagan duodir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uchun ustunlik so‘raymiz Allohumma soli A’la Muhammad deya. U kishining haqiga duo qilingani uchun muhaqqaq ijobat bo‘ladi. Boshidagi va oxiridagi duo maqbul bo‘lar ekan, o‘rtadagi yuz-xotir uchun ham ijobat qilinadi...

@falsafasi_hayot