Get Mystery Box with random crypto!

Ayol makri... Bir kishi yo‘lda ketayotib, bir quduq yonida tu | Hayot falsafasi 🍃

Ayol makri...

Bir kishi yo‘lda ketayotib, bir quduq yonida turgan ayolga duch keldi.

Kishi unga yaqinlashdi.
Ayol qo‘rqib ketdi.
Shunda erkak: “Qo‘rqma!
Sendan bir narsani so‘ramoqchiman.

Ayol makri nima?” deb so‘radi.

Ayol bir oz o‘ylanib turdi-da, keyin dod solib yig‘lay boshladi.

Uning ovozini butun qishloq eshitdi. Erkak qo‘rqa-pisa ayoldan nega bunday qilganini so‘radi.

Ayol: “Ovozimni qishloq ahli eshitib, bu yerga kelishsin va seni o‘ldirishsin deb shunday qildim”, dedi.

Erkak: Sendan makr haqida so‘radim, xolos-ku! Yomon niyatda biror gap aytdimmi?” dedi.

Shunda ayol o‘rnidan turdi-da, bir chelak suvni o‘z ustidan quydi. Erkak uning bu ishidan ajablandi. Undan nega bunday qilganini so‘radi.
Ayol endi gapirmoqchi edi, qishloq ahli kelib qoldi. Erkak ulardan qo‘rqib, “Bular hozir meni o‘ldirishsa kerak”, deb o‘yladi.

Ayol qishloq ahliga: “Suv olmoqchi bo‘lib quduqqa engashgan edim, bexosdan unga tushib ketdim. Bu odam meni qutqardi”, dedi.

Odamlar boyagi kishiga tashakkur aytib, unga ko‘p sovg‘a-salomlar in’om etdilar. Erkak ayoldan nega shunday qilganini so‘radi.

Ayol: “Ayol makri mana shunaqa bo‘ladi.
Agar unga ozor bersang,
Seni o‘ldiradi.
Agar u rozi bo‘lsa,
Seni baxtli qiladi”, deb javob berdi...

@falsafasi_hayot