Get Mystery Box with random crypto!

​​ Novza masjidi oldida doim bir ayol sadaqa so‘rab o‘tiradi. | Hayot falsafasi 🍃

​​ Novza masjidi oldida doim bir ayol sadaqa so‘rab o‘tiradi. Namoz vaqti kirsa niqobini taqib oladi. Boshqa vaqtlar yuzi ochiq. Qo‘lida 20 mln sig‘adigan paket ushlab olgan, lekin "Ming so‘m bering!" deydi.

Oldin ofisim Novzada edi. Har masjidga chiqqanimda "Ha, opa! Bizneslar bo‘layaptimi?" deb qo‘yardim. Kulib, "Rahmat, bo‘layapti" derdi.

Yana shu masjid oldida yoshi katta, soch-soqoli oppoq qariya turadi. Uzun chopon kiyib olgan (qishin-yozin). Boshida panamasi bor. Ko‘zini ko‘r insonday qiladi. Qo‘lida hassasi bor. Namoz vaqtlari masjid oldiga keladi. Juma namozlarda 30yoshlar atrofidagi o‘g‘li bilan birga keladi. Asosan har kuni "Buyuk Ipak Yo‘li" metrosi yonidagi "MaxWay" taomxonasida katta lavash va Coca-Cola sotib oladi.

Maksim Gorkiydagi yangi masjid oldida niqob kiygan qiz qo‘lida paket ushlab, tilanchilik qiladi. Qarashlari mayus, ovozini ingichka qilib gapiradi. Masjiddan uzoqlashsa niqobini ko‘taradi. Bir marta telefonda gaplashib ketayotganini ko‘rgandim: "Mmm qan*iq qattasan? Kemisami, lavash yirdu..

Nega bularni aytayapman?

Umuman masjid oldida turganlarga ehson berish kerak emas.
Mana shunday insonlar sabab asl muhtojlarga shubha bilan qaraymiz.

Ehson qilmoqchimisiz?

Mardikor bozorga boring. Ayollar ko‘p. Halol mehnat ilinjida, badanini faxshdan qizg‘onib, mardikorlik qiladiganlar bor.

Ehson qilmoqchimisiz?

Onkologik shifoxonaga boring. Bemorlar ko‘p. Istaganingizni surishtirsangiz dori va muolajadan qiynalayotgan bo‘ladi.

Ehson qilmoqchimisiz?

Ko‘cha-ko‘yda xonim va somsa sotib kun kechiradigan onaxonlar bor. 4000 so‘mlik xonimni 10.000 so‘mdan olib, qaytimini olishni "unutib" keting. Bu ham ehson...

Shaydoyi Jannat