Get Mystery Box with random crypto!

Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ

Telegram kanalining logotibi esk1gaplar — Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ E
Telegram kanalining logotibi esk1gaplar — Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ
Kanal manzili: @esk1gaplar
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 97

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-26 08:57:09
Vataniga bostirib kelgan rus generali bilan uchrashuv chog‘ida Imom Shomil undan so‘radi:

- Bizning yurtga nima sababdan bostirib keldilaring, sizlarga nima kerak?

- Biz o‘zimizning yuksak madaniyat va taraqqiyotimizni siz yovvoyilarga o‘rgatish uchun keldik.

Shunda Imom Shomil ortida turgan musulmon askarlaridan birini oldiga chorlab, poyabzalini yechib ko‘rsatishni buyurdi. Uning oyog‘i toza paytavaga o‘ralgan, besh vaqt namoz uchun tahoratda muntazam yuvib turilgani sababli ozoda, hidlanmagan edi. So‘ng imom rus askarlaridan birini chaqirtirib, uning ham oyog‘ini yechib ko‘rsatishini so‘radi. Rus askarining oyog‘i kirlanib ketgan, hidi esa chidab bo‘lmas darajada edi.

Shunda Imom Shomil rus generaliga yuzlanib: «Sizlar olib kelmoqchi bo‘lgan yuksak taraqqiyot shumidi, bizga shunday madaniyatni keltirmoqchimisizlar», degan.


Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ
591 views05:57
Ochish/sharhlash
2022-04-23 23:24:53
Bir maktab direktori, oʻzi ishga olgan barcha oʻqituvchilarga ushbu maktubni yuborgan ekan:

«Qadrli ustoz! Men konslagerda boʻldim, men hech bir odam koʻrishi kerak boʻlmagan narsalarni oʻz koʻzim bilan koʻrdim: Muhandis - olimlarning qanday qilib gaz kameralari qurgani; Vrachlar tomonidan qanday qilib bolalarning zaharlanishi; Oʻqitilgan hamshiralarning qanday qilib goʻdaklarni oʻldirishi; Yuqori oʻquv muassasalari bitiruvchilarining qanday qilib bolalar va ayollarni otgani va yoqib yuborganini koʻrdim.. Shuning uchun men taʼlimga ishonmayman. Men sizdan oʻquvchilarning inson boʻlib yetishishiga yordam berishingizni iltimos qilaman. Sizning harakatlaringiz hech qachon qonxoʻr - olimlar, tayyorlangan psixopatlar, oʻqimishli Eyxmannlar paydo boʻlishiga olib kelmasligi kerak. Oʻqish, yozish, hisoblash, bolalarimizga koʻproq «INSONIY» boʻlishiga yordam bergandagina muhimdir».


Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ
473 views20:24
Ochish/sharhlash
2022-04-12 10:09:59
Qadimgi yunon tarixchisi Plutarxning yozishicha, bir kuni afsonaviy malika Semiramida o‘ziga maqbara qurdirib, unga, «Qaysi podshoh pulga muhtoj bo‘lib qolsa, ushbu maqbarani buzib o‘ziga keragicha olsin» deya yozib qo‘yadi. Qarangki vaqtlar o‘tib shoh Doro buni eshitib, maqbarani buzib vayron qiladi, ammo u joyda boylikdan hech vaqo topolmadi. Lekin boshqa lavha topadi. Unda shunday yozilgan edi: «Sen yaramas odamsan va pulga ortiqcha hirs qo‘ygansan, bo‘lmasa sen boylik uchun o‘liklarni bezovta qilmas eding».

Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ
566 views07:09
Ochish/sharhlash
2022-04-11 14:13:05 Angliyada bexosdan noto‘g‘ri dasturlangan kompyuter chorak yakunidagi sinovlar so‘nggida, «a’lochi» bolalar guruhiga «ikkichi» degan, «ikkichi» bolalar guruhiga esa «a’lochi» degan yorliq yopishtiradi. Yangi o‘quv yili avvalida o‘qituvchilarning talabalar haqidagi paradigmasi kompyuterning shu hisobotiga asoslanib yaraladi. Besh yarim oy o‘tganidan so‘ng xatolikni anglagan ma’muriyat talabalarni qayta sinovdan o‘tkizishga qaror qiladi.(nima bo‘lgani haqida hech kimga aytmasdan). Natijalar barchani hayratga soldi. «A’lochi»larning aqliy rivojlanish koeffisiyenti pastlab ketgandi. Chunki o‘qituvchilar besh yarim oy mobaynida ularga xuddi aqldan qolgan, ijodiy yondasha olmaydigan va yaxshi o‘qiy olmaydiganlardek munosabatda bo‘lgan edi. Ularning paradigmasi o‘zini-o‘zi bajo keltiruvchi bashoratga aylangan edi. «Ikkichi»larning ishi esa yurishib ketdi. O‘qituvchilar ularga xuddi «a’lochi»dek yaxshi munosabatda bo‘lgan va bu ularga katta kuch-quvvat bergan, umid bag‘ishlagan, ruhlantirgan edi. Ularning samaradorligi o‘sgandi.

«Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi» asaridan


Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ
319 views11:13
Ochish/sharhlash
2022-04-08 06:05:52
Yaqinda kuzatib koʻrsam, vaqt oʻtishi bilan oʻzgargandek tuyilgan jihatlar mutlaqo oʻzgarmagani ayon boʻldi, faqat voqeliklarga nisbatan mening qarashim oʻzgargandi, xolos.

Frans Kafka (Labirint) kitobidan


Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ
278 views03:05
Ochish/sharhlash
2022-04-07 23:29:18
Faqat sening harakating bilan ushlab turilgan hech bir samimiyat, hech bir munosabatga hayotingdan joy berma. Majburan sevgilar va samimiyatsiz tuyg'ular hayotingning ta'mini buzadi. Sevmaydimi? Sen ham sevma. Sen seni go'zal sevgan kishi uchun bir mo'jizasan. Bo'lmasligini bilib ham haliyam bo'ldirishga urinayotgan nimang bo'lsa, barini axlatga uloqtir. Tozalik ham iymoning uchun yaxshi, ham joningdan rohatlantiradi. Qara, buni Chariz Bukovskiy qanday go'zal tushuntiribdi: «Seni tutib qolmagan novdaning bargi bo'laman deb harakat qilma».

Hayot yutqazgan joyingdan boshlanar asaridan

Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ
412 views20:29
Ochish/sharhlash
2022-04-07 15:13:51
Biz yashayotgan dunyoda, janoza mayitdan muhimroq, toʻy esa sevgidan, tashqi koʻrinish ichkaridan. Biz asliyatni inkor etuvchi maʼnaviy qobiqda yashaymiz.

Eduardo Uges Galeano


Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ
332 views12:13
Ochish/sharhlash
2022-04-02 09:31:16
206 views06:31
Ochish/sharhlash
2022-03-30 10:35:48
Bu yerda tiriklar yo'q! Bo'lsa ham, hayotini uyqu va tushlarda yashayotganlar bor!

Andrey Platonov (Jon) asaridan


Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ
377 views07:35
Ochish/sharhlash
2022-03-29 20:07:47
Hech qanday «ikkinchi yarmim», «ikkinchi boʻlagim» degan tushunchalar yoʻq. Faqatgina bizga kim bilandir qulay va zavqli boʻlgan vaqt oraligʻi bor. Bu vaqt oraligʻi esa ikki daqiqa, ikki kun, besh yil yoxud bir umr boʻlishi mumkin.

Fransuaza Sagan (Qalbga urilgan zarbalar) asaridan


Esᴋɪ Gᴀᴘʟᴀʀ
261 views17:07
Ochish/sharhlash