2022-08-19 20:02:38
Ustoz Shifudan 100 ta dars
19-dars4 muhim narsa-Ustoz Shifu ko'rinmay qoldingiz, sizni rosa so'rashdi.
-Panda, Nefrit saroyi zinasidan tushganingda Guanjou Darvozasi degan joy bor. O'sha yerda Yuksalish maktabi
ni ochaman deb ishga kirishib ketibman.
Odam degan mundoq "hormang Ustoz" deb hasharga keladida. In shaa ALLOH kelgan joyimizdan davom etamiz.
Panda!
Qalb insonning eng muhim a'zosi. Unga ko'ra atrofingdagilar va hayoting ham o'zgaradi.
4 narsadan ehtiyot bo'l, ular qalbingni qoraytiradi:
1. Bo'kib ovqat yeyishing
2. Zolim va johil inson bilan qilgan suhbating
3. O'tmish xatolaringni unutishing
4. Amalga oshishi qiyin bo'lgan uzundan-uzoq orzular qilish.
4 narsa esa in shaa ALLOH qalbingni nurga to'ldiradi:
1. Pokiza taom va parhezkorlik
2. Dono inson bilan qilgan suhbating
3. O'tmish xatolaringga tavba qilishing
4. Uzun orzular qilmasdan, yaxshilik yo'lida harakatni boshlash.
-Ustoz, Shu parhezni o'rniga haligi dono inson bilan ikki marta suhbat qilsam bo'lmaydimi
@Muhammadali_Eshonqulov
371 viewsErkin Yusupov, 17:02