Get Mystery Box with random crypto!

Odat bo'lib qolgan 1. Biror bir joyga ketayabsan u yerda seni | Erkinboyev Bahodirjon | blogi

Odat bo'lib qolgan

1. Biror bir joyga ketayabsan u yerda seni kimdur kutayabdi. Aslida u yerga yetib borishinga yarim soat vaqt ketadi, lekin u inson telefon qilganda esa hozir 5 minutda yetib boraman deb javob berasan.

2. Biror do'sting yoki tanishingdan (bir kun, bir hafta yoki bir oydan keyin) qaytarib berish sharti bilan so'z berib pul olding. Lekin aytgan vaqtinga pulni qaytarolmading, kamiga telefon qilsa ham javob bermadin.

Ho'sh bu narsa senga nima beradi ?

Ushbu insonlarning senga bo'lgan ishonchi susayadi. Bora-bora umuman senga bo'lgan ishonchi yo'qoladi. Aslida ishonch yo'qoldi degani ushbu insonga bo'lgan hurmat ham yo'qoldi degani. Ko'rib turganingdek bu holatlar seni foydanga emas, aslida zararinga xizmat qiladi.

Biror joyga borayabsan yetib borishinga 20 minut vaqt ketadi. Kutayotgan do'sting telefon qilganida 5 minutda boraman dema hech bo'lmaganda rostini ayt yoki 10 daqiqa qo'shib yarim soatda boraman deb 20 minutda yetib borsen juda ajoyib bo'ladi. Uning senga bo'lgan hurmati ortadi.

Qarzga pul olganingda ham vaqtida qaytara olmadingmi u inson telefon qilishidan oldin sen telefon qilib vaziyatni tushuntir. Buning natijasida kamida asabbuzarliklarni oldini olasan va uni senga bo'lgan salbiy fikrini ijobiyga o'zgartirasan.

@islombekerkinboyev_blog


@erkinboyevb