Get Mystery Box with random crypto!

Fransuz yozuvchisi Marsel Prust bir kundalik tutadi. U ushbu k | Ergashev's blog (IQ 100 )

Fransuz yozuvchisi Marsel Prust bir kundalik tutadi. U ushbu kundalikka o‘zini yaxshiroq anglashi uchun ingliz tilida yigirma yettita savol yozib chiqadi va har yili o‘sha savollarga o‘zi javob beradi. Keyinchalik u xuddi shu kundalik anketani do‘sti Antuanetta Farega beradi. Fare Prustning bo‘lajak biografi sifatida anketani saqlab qo‘yadi va Prust o‘limidan bir-necha yil o‘tib e’lon qiladi. Yevropa va jahonning bir qancha mashhur yozuvchilari mazkur anketaga javob yozishgan. Keyinchalik bu savollar jamlanmasi adabiyot tarixiga «Prust anketasi» nomi bilan kiradi.

Quyida ushbu jamlanmadagi savollar bor va men bularga javob berishga harakat qildim:

1. Sizni eng ko‘p nima xafa qiladi?

Jamiyatdagi ilmsizlik, korrupsiya, haqiqiy iste'dodlarning joyiga yetib bormasligi, qora xalq pulini yeyilishi..

2. Qayerda yashashni istardingiz?

Buyuk Britaniya. Yoki qayerda bo'lsa ham yuqori IQ'li insonlar ichida.

3. Hayotingizdagi eng baxtli lahzani ayta olasizmi?

Aytishni istamayman.

4. Qanday xatolarni ikkilanmay kechirib yubora olasiz?

Xato qilgan insonni yoqtirsam va u xatosidan so'zsiz pushaymon bo'lsa.

5. Siz yaxshi ko‘rgan ayol personaj?

Bu yerda aytib bo'lmaydi)

6. Siz yaxshi ko‘rgan erkak personaj?

Hugh Laurie

7. Tarixdagi siz yaxshi ko‘rgan qahramonlaringiz?

Darvin, Ibn Sino

8. Real hayotda siz eng hurmat qilgan ayol?

Angela Merkel, oilam.

9. Siz ijodini sevgan rassom kim?

Qiziqmayman san'atga.

10. Siz ijodini sevgan musiqachi yo bastakor kim?

Aniq bittasi yo'q, asosan inglizcha: musiqa ma'nosi va kuy xilidan kelib chiqib eshitaman. Asosan: Imagine Dragons, Billie Eilish, Юрий Шатунов, Tohir Sodiqov, Snopp Dog, Konsta, Tom Odell, Lewis Capaldi...

11. Bir erkak sizningcha qanday bo‘lishi kerak?

Oilasini moddiy va ma'naviy jihatdan ta'minlay oladigan, tanqidiy fikrlaydigan, doimiy ravishda xatolarini tanqid va tahlil qilib boradigan, boshqaruvchilik xusususiyati yuqori.

12. Bir ayol sizningcha qanday bo‘lishi kerak?

Farosatli, tanqidiy fikrlaydigan, yuqori IQ, oila va bola tarbiyasi uchun yetarli dunyoqarashga ega, tarbiyalik, g'iybat, bekorchi gap-so'zlardan yiroq. Maqsadi oilasi va jamiyatni yaxshilashga qaratilgan.

13. Siz eng sevgan hislat?

Tanqidiy fikrlash.

14. Qaysi ishni bajarayotganda o‘zingizni baxtli his qilasiz?

Shaxsiy rivojlanishimda qilayotgan mehnatim natija ko'rsata boshlasa

15. Ayni dam kimning o‘rnida bo‘lib qolishni istardingiz?

Hech kimni.

16. Do‘stlaringizda qanday hislat va fazilatlar bo‘lishini xohlardingiz?

Yuqori IQ, tanqidiy fikrlash, oqibat, vijdon.

17. Eng katta nuqsoningizni ayta olasizmi?

Dangasaman.

18. Yaxshi ko‘rgan rangingiz qaysi?

Ko'k.

19. Siz sevgan gul ?

Farqi yo'q.

20. Siz sevgan qush turi?

Farqi yo'q.

21. Qaysi yozuvchining ijodini yaxshi ko‘rib o‘qiysiz?

Talib Nassem, Kel Nyuport, Mark Menson. Yozuvchi tanlamayman, kitob yaxshi bo'lsa bo'ldi.

22. Qaysi shoirning ijodini yaxshi ko‘rib o‘qiysiz?

Hech qaysisi.

23. O‘zingizda bo‘lib qolishini orzu qilgan g‘ayritabiiy iste’dod turi bormi?

O'zim xohlagan narsalarni unutish.

24. Qanday o‘lishni istagan bo‘lardingiz?

"Men bobomga o'xshab hotirjam uyquda o'lishni istayman, uning yo'lovchilariga o'xshab qo'rquvda emas.."

Hazil. Umrim davomida muhim ishlarni qilib, o'zimdan manqurt bo'lmagan yuqori IQ'li nasl qoldirsam, qanday o'lishim muhim emas. Muhimi iloji boricha insoniyatga foydam tegsa va o'ligim ko'chada qolib ketmasa bas.

25. Hayotdagi shioringiz?

"Birovga foydang tegmasa tegmasin mayli, lekin zararing aniq tegmasin."

Kommentda davom ettiramiz