Grammar time O’rin-joy predloglari (prepositions of locatio | Ingliz tili 0 dan | Stay at home!
Grammar time
O’rin-joy predloglari (prepositions of location/place) ga asosan AT, IN va ON predloglari misol bo’la oladi. Bu predloglar narsa-buyum yoki shaxsning joylashuvini anglatadi. Har bir predlogni alohida ko’rib chiqamiz:
AT – “yonida” deb tarjima qilinadi. Ko’pincha o’zbek tilidagi “-da” qo’shimchasiga to’g’ri keladi. AT predlogi qatnashgan iboralarga e’tibor bering:
at the door – eshik yonida at home – uyda at the desk – parta yonida at the lesson – darsda at the window – deraza yonida at the cinema – kinoteatrda at the church – cherkov yonida at the hotel – mehmonxonada at the tree – daraxt yonida at the bus-stop – avtobus bekatida
IN – “ichida” deb tarjima qilinadi. IN predlogi narsa-buyum yoki shaxsning joylashuvini biror narsaning ichida ekanligini bildiradi. IN predlogi bilan ifodalangan iboralarni diqqat bilan o’rganib chiqing va predlogning ishlatilishiga e’tibor bering:
in the box – quti ichida in a magazine – jurnalda in the hotel – mehmonxonada in the room – xonada in the newspaper – gazetada in the book – kitobda in Uzbekistan – O’zbekistonda in my mouth – og’zimda in the water – suvda in the garden – bog’da
ON – “ustida” deb tarjima qilinadi. ON predlogi narsa-buyum yoki shaxsning yuzaga nisbatan joylashuvini bildiradi. “Yuzaga nisbatan” deyilganda, masalan, stol usti (yuzasi)da, devor (yuzasi)da, shift (yuzasi)da kabi joylashuvlar tushinilishi kerak. ON predlogi qatnashgan iboralarni o’qing:
on the table – stol ustida on the roof – tomda on horseback – otda on a bus – avtobusda on the left – chapda on the carpet – gilamda on page – sahifada on the wall – devorda on the ceiling – shiftda on the way – yo’lda
Ingliz tilini "0"dan o'rganuvchilar uchun kerakli bo'lgan barcha materiallar va ular bilan shug'ullanish tartibi shu yerda!. Reklama bo'yicha ⤵️⤵️⤵️. @reklama_berish_uchun_bot. ⤴️⤴�...