Get Mystery Box with random crypto!

emy _dunya

Telegram kanalining logotibi emy_dunya — emy _dunya E
Telegram kanalining logotibi emy_dunya — emy _dunya
Kanal manzili: @emy_dunya
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-09 08:33:30 Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta’minlanishi, hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va iste’dodining bevosita ro‘yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq
va adolat mezonlari bilan o‘lchanadi. Huquq jamiyatning o‘ziga xos «gumanistik imperativi» (insonparvarvarlik talabi), ya’ni insoniy-axloqiy qoidasi,
ma’naviy mayog‘i hisoblanadi. Fuqarolarning o‘zaro huquqiy munosabatidagi mavqei quyidagi prinsiplar asosida belgilanadi:
1) jamiyatning har bir a’zosi inson sifatida erkin va ozod bo‘lishi;
2) har bir fuqaroning boshqa fuqaro bilan tengligi;
3) jamiyat har bir a’zosining fuqaro maqomidagi mustaqilligi.
2 views05:33
Ochish/sharhlash
2022-07-09 08:32:48 Ma’naviyat – insoniyat ichki dunyosining
ko‘zgusi, tafakkuri, ongi va fikr yuritish tarzining mazmun-mohiyatini aks
ettiruvchi yuksak ijtimoiy qadriyatdir .
2 views05:32
Ochish/sharhlash
2022-07-09 08:32:06 Fuqarolik jamiyati nihoyatda murakkab ijtimoiy hodisadir. Shu bois uni
uch asosiy jihat, uchta yo‘nalish bo‘yicha:
1) iqtisodiy jihat;
2) siyosiy jihat;
3) ma’naviy-axloqiy jihat
asosida
ta’riflash mumkin.

Konstitutsiyaning mazmun va mohiyatidan shu narsa qat’iy ayonki, mamlakatimizda shakllantirilayotgan jamiyat – demokratiya va adolat prinsiplariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov shunday degan edi: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgani sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir».

U yana quyidagilarga e’tiborni qaratgan edi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga
monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq
va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda,
boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni,
erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi .
2 views05:32
Ochish/sharhlash
2022-07-09 08:29:14  

Davlat ramzlari

DAVLAT RAMZLARI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI

Ozbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi korinishgа egа: toglаr, dаryolаr vа sol tomoni bugdoy boshoqlаridаn, ong tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn gozа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа orаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bolib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi - qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа Ozbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrogini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O‘zbekiston» deb yozib qoyilgаn.
Ozbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli korinishidа: Humo qushi vа dаryolаr - kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O‘zbekiston» yozuvi - oltin rаngidа; gozа shoxlаri vа bаrglаri, toglаr vа vodiy - yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа - oq rаngdа; lentа - Ozbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrogining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk - oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr - oq rаngidа tаsvirlаngаn.
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSINING DАVLАT BАYROG‘I

Ozbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrogi Ozbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
        Ozbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrogi xаlqаro munosаbаtlаrdа Ozbekiston Respublikаsining timsoli bolаdi.
        Ozbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrogi - bаyroqning butun uzunligi boylаb otgаn toq moviy rаng, oq rаng vа toq yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn togri tortburchаk shаklidаgi mаtodir.
 
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
Ozbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi Ozbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
        Ozbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zor ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.
Mutal Burhonov musiqasi 
       Abdulla Oripov so'zi
      Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot, 
      Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon! 
      Yashnagay to abad ilmu fan, ijod, 
      Shuhrating porlasin toki bor jahon!
       Naqorat:
      Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, 
      Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
      Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
      Olamni mahliyo aylagan diyor!
      Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni, 
      Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot! 
      Istiqlol mash'ali tinchlik posboni, 
      Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
      Naqorat:
      Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston, 
      Ajdodlar mardona ruhi senga yor! 
      Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon, 
      Olamni mahliyo aylagan diyor!
 
3 views05:29
Ochish/sharhlash
2022-07-09 07:18:12 Bilamizki, xalq vakillari sifatida biz deputatlarni nazarda tutamiz. Ammo, bu tuzilma ham hattoki, o'z ishonchini oqlamayapti. Aslida, bugungi kunda xalq ishongan vakillar tuzilmasi o'z ishini 100% bajara olyaptimi?. Xalqdan buni so'rasak 95% holatlarda buni inkor etadi. Demak, shunday tuzilma kerakki, xalqning hech bo'lmaganda 95% ovozi tuzilmaga ishonch bilan beriladigan bo'lishi lozim. Bunaqa ishonchi faqatgina Jurnalistlar tuzilmasi bera oladi. Xalq haqiqati doim haqli bo'ladi. Ammo ba'zi holatlarda bu haqiqat ham qonun - qoidalarga mos kelmay qoladi. Shu o'rinda yana savol tug'iladi... Xalq haqiqati qonunga mos kelmaydimi, yoki qonun xalq haqiqatiga mos kelmaydimi? Haqiqat yoki qonun ustuvorligi teng bo'lishi kerak bo'lgan sharoitda, solishtirish, tarozining ikki palasi qo'liga o'tadi. Shunday holatda Jurnalist kasbi o'zining borligini ko'rsata olishi lozim. Ya'ni birgina qonun bilan emas, bir nechta, kerak bo'lsa bari bilan haqiqatni oshkor eta olish, qaror toptirish mumkin bo'lsa shu choralarni amalga oshirishi lozim. Jurnalist haqiqatni qonunga emas, qonunni haqiqatga moslashtirishi lozim. Jurnalist shu o'rinda tarozining ikki pallasini bir pallaga aylantira oladi. Faqatgina, jurnalistning qo'lidan bu ish kelishi mumkin.
3 views04:18
Ochish/sharhlash
2022-07-09 07:18:11 Jurnalistning betarafligi, bu - haqiqat.
3 views04:18
Ochish/sharhlash