Get Mystery Box with random crypto!

Xayrli kun uchun 5 tavsiya! Uyqudan uyg'onishingiz bilan y | Colin Morgan✅

Xayrli kun uchun 5 tavsiya!

Uyqudan uyg'onishingiz bilan yaxshi narsalarni o'ylang. Еngil jismoniy tarbiya mashqlarini bajaring. Chunki jismoniy faollik organizmda qon aylanashini yaxshilab, yaxshi kayfiyat gormonini oshiradi.

Tabassum qiling! Ruhshunoslar fikricha ertalab ko'zgu qarshisiga turib, o'ziga-o'zi tabassum ulashish terapiyasi inson umrini 5 yilga uzaytiradi. Ma'qul keldimi, unda ishga kirishing!

Hech bo'lmaganda 5 ta yaxshilik qiling. Shunchasini qaerdan olaman deysizmi?! Birinchisi, yaqinlaringiz bilan yaxshi muomala bo'lsa, qolganlari sog'lig'ingiz, ishingiz va farzandlaringiz uchun atalishi mumkin. Eh-hey, istasangiz bir kunda o'ndan oshiq yaxshilik qila olasiz.

Ishlaringizni rejalashtiring. Hayotda tartibli bo'la olsangiz, qolgan barcha masalalarda muammo bo'lmaydi.

Ikkilanishlarni unuting! Oson bo'lmasligi rost. Ammo kunni shu zaylda qarshi olishdan nima naf? Yaxshisi, «qanday bo'larkin» degan savolni, «albatta, uddalayman» kabi so'zga alishtiring.