Get Mystery Box with random crypto!

EP: Fermer: “Bug‘doy ekaman desam, to‘sqinlik qilishyapti” “ | Eltuz portali

EP: Fermer: “Bug‘doy ekaman desam, to‘sqinlik qilishyapti”

“Men – Baybosin Sherimbetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumani Erkindaryo OFYdan murojaat yo‘llayapman. “Berdax xoja” MCHJ rahbariman. Tumanimiz hokimi biz tadbirkorlar ishiga to‘sqinlik qilyapti. O‘zi, akasi va ukasi sholi ekishdi. Ular unumli yerlarni olgan. Xo‘sh, olayotgan hosili shunga yarashami? Ammo men o‘sha odamlar dastidan ekin ekolmadim. Endi bug‘doy ekaman desam, menga to‘sqinlik qilishyapti. Hokim tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashi kerak-ku! Mutasaddilar holatga e’tibor qaratadi degan umiddaman”.

@eltuzportali - muammolar yechimi!