Get Mystery Box with random crypto!

Er-xotin boshqa uyga koʻchib oʻtishdi. Ertalab oʻrnidan turg | Dunyo Bugun

Er-xotin boshqa uyga koʻchib oʻtishdi.

Ertalab oʻrnidan turgan ayol derazadan qoʻshni xotin kir yuvib, dorga osayotganini koʻrib, eriga dedi:

- Qarang, buncha ham kiyimlarini yomon yuvarkan, shundoq kirligicha turibdi-ya?!

Eri gazeta oʻqiyotganligi uchun uning gapiga eʼtibor bermadi.

- Balki, sovuni yomonroqdir yoki kir yuvishni bilmas.

Oʻrgatib qoʻyish kerak, shekilli, kir yuvishni.

Shu tariqa har safar qoʻshni kir yuvsa, xotini uning kirni yuvolmasligini gapiraverardi.

Nihoyat, bir kuni tongda uyqudan uygʻonib, derazaga qaradi-yu:

- Tavba!

Boʻlarkan-u, ana endi kir yuvishni oʻrganibdi! – dedi.

- Yoʻq, - eʼtiroz bildirdi eri, - men bugun ertaroq turib, derazalarimizni yuvib qoʻygandim.

Hayot ham xuddi shunday!

Voqeaga qanaqa derazadan qarashimizga bogʻliq.

Birovni tanqid qilishdan oldin oʻzimizning qalbimiz va niyatlarimiz tozaligiga qaraylik!

DUNYOBUGUN