Get Mystery Box with random crypto!

A Seriyaning 14-turida “Roma” futbolchilari “Sassuolo” mehmoni | ELDOR SHOMURODOV

A Seriyaning 14-turida “Roma” futbolchilari “Sassuolo” mehmoni bo‘lib, o‘yin yakunlanishi arafasida g‘alabani qo‘ldan chiqarib, bir ochko bilan kifoyalanishga majbur bo‘lgandi.

O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Joze Mourino shu kuni maydonda to‘p tepgan 16 nafar shogirdi orasida bittasiga professionallik yetishmaganini ta’kidlagandi.

Portugaliyalik mutaxassis bu gapi orqali zaxiradan maydonga tushgan va qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, mezmonlar hisobni tenglashtirishiga sababchi bo‘lgan Rik Karsdorpga qaratilganini hamma sezdi.

Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, kiyim almashtirish xonasida Joze Mourino va Rik Karsdorp orasida ziddiyat kelib chiqqan.

Vaziyatni kuzatib borayotgan mutaxassislar niderlandiyalik o‘yinchi o‘ziga yangi jamoa topishi kerakligini ta’kidlamoqda.

@EldorShomurodov_UZ