Get Mystery Box with random crypto!

INKAPSULYATSIYA Inkapsulyatsiyaga misol: - Shashlik yemoqchis | Bakhtiyor Elboyev | Minds

INKAPSULYATSIYA

Inkapsulyatsiyaga misol:
- Shashlik yemoqchisiz, shashlikchini oldiga bordingiz
- Mana 2 kg go'sht,1kg qiyma,1kg jaz shashlik bo'lsin
- Go'shtni berasiz, u sizga tayyor shashlik qilib beradi

Nimasi inkapsulyatsiya?
- Shashlikchi - Class
- Unga go'sht berasiz - constructor
- Shashlikka qo'shiladigan ziravorlar - property
- Shashlik qilish uchun myasarovkadan chiqaradi, marinovka qilish, muzlatadi - bular methodlar
- Shashlikga qo'shadigan ziravori bor, uni faqat shashlikchi biladi - private property
- Shashlik sixdan oqib tushmaslik uchun xxx ishni qiladi, bu ham uni siri - private method
- Shashlikchi shu sirlarini faqat farzandlariga o'rgatgan, ular ham bu shashlik qilish usulidan foydalanishadi - protected method

Siz shashlikchini qanday tayyorlaganiyu nimalar qo'shganini, hammasini bilolmaysiz, lekin shashlik tayyor.
U shu private va protected sirlarini tashqariga chiqarishni xohlamaydi - manashu inkapsulyatsiya, ya'ni sirlarini himoyalaydi.
Shashlikchi - ota bobolaridan shashlik qilish sirlarini avlodlariga meros qilib qoldiradi - Inheritance
O'sha shashlikchi kerak paytda somsa ham tayyorlay oladi.
Bunisi polymorphism.
Xato misol bo'lsa iltimos to'g'rilang.

Sardor Dushamov

P.s. Yaxshi o'xshatish.
Tasavvur qilib o'rganish ancha oson albatta.

@elboyev