Get Mystery Box with random crypto!

​SOFT SKILL | HARD SKILL Nima uchun SOFT SKILL HARD SKILL dan | Bakhtiyor Elboyev | Minds

SOFT SKILL | HARD SKILL

Nima uchun SOFT SKILL HARD SKILL dan ko'ra muhim hisoblanadi?
Keling avval ikkisiga batafsil to'xtalib o'tsak.

HARD SKILLS bu sodda qilib aytganda ta'lim muassasalarida, kasb-hunarga o'qitish markazlarida o'rganiladigan bilim va ko'nikmalardir.
Ya'ni qaysi soha bo'lishidan qat'iy nazar ish bajarishda talab qilinadigan ko'nikmalar hisoblanadi. Misol uchun, agar siz arxitektor bo'lsangiz matematika, qurilishga oid qonunlar va me'yorlarni, kompyuter savodxonligini, tilni, kerakli dasturlarni yaxshi bilish talab etiladi va bu sizdagi hard skill hisoblanadi.

SOFT SKILLS esa kishining jamoaviy ish faoliyatda yaxshi jamoa a'zosi bo'lishiga yordam beradigan xususiyatlar sifatida qaraladi.
Ya'ni sizdagi bilimlar emas, balki turli vaziyatlarda namoyon qiladigan xatti-harakatlaringiz nazarda tutiladi: moslashuvchanlik, muloqot qobiliyati, xarakter yoki shaxsiy xususiyatlar, munosabatlar, tafakkur, martaba atributlari, ijtimoiy hamda hissiy fikrlash va boshqalar.

SOFT SKILL har doim HARD SKILL ga qaraganda muhim hisoblanadi. Sababi real ish jarayonida jamoaviy ahillik va hamjihatlik, o'zaro hurmat, bir-birini tushuna olish kabi bir nechta hislatlar alohida baholanadi. Sodda aytganda, boshqalar fikrini nazarga ilmaydigan bilimdon hech kimga kerak emas!

Aytib o'tish kerakki, bugungi kunda deyarli barcha ish beruvchilar ushbu ikki ko'nikmaga alohida e'tibor qaratishadi. O'zingizdagi soft skill (yumshoq ko'nikmalar) ni resume ga kiritib o'tish sizni boshqa nomzodlardan ajralib turishingizga yordam beradi.

@elboyev