Get Mystery Box with random crypto!

Bugundan abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi 20 | Egamnazar.uz|Rasmiy kanal

Bugundan abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2022/2023-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

ESLATMA: Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini unutmagan holda ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishni tavsiya etiladi.

Shuningdek, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Do‘stlaringizga ulashing
@EgamnazarUz