Get Mystery Box with random crypto!

LIVE Ilg‘or xorijiy tajriba inobatga olinib, Bosh vazir nom | JIZZAX EKOPARTIYA

LIVE

Ilg‘or xorijiy tajriba inobatga olinib, Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash vakolati Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga o‘tkazilmoqda. Bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasiga taqdim qilishdan oldin Prezident tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish tartibi joriy etilmoqda. Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin Prezident Bosh vazirni lavozimga tayinlaydi.

Amaldagi tartibga ko‘ra,
Bosh vazir nomzodini ilgari surish faqat Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p ovoz olgan partiya irodasiga bog‘lab qo‘yilgan edi. Yangi taklif etilayotgan tartib orqali esa barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqishdagi ishtiroki ta’minlanadi. Ya’ni, bu boradagi qoidalar yanada demokratlashtirilmoqda.


Online kuzatish

Telegarmm | Facebook | Instagram | Web site | You Tube