Get Mystery Box with random crypto!

'Konstitusiyaviy o’zgarishlar huquqlarimiz kafolati' “O‘zbeki | O'zbekiston Ekologik partiyasi | Farg'ona viloyat Kengashi

"Konstitusiyaviy o’zgarishlar huquqlarimiz kafolati"

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasining mazmuni va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari Dang'ara tumani Suv xõjaligi bõlimida O’zbekiston Ekologik partiyasi Dang'ara tuman partiya tashkiloti raisi tomonidan "Konstitutsiyaviy o’zgarishlar huquqlarimiz kafolati" mavzusida olib borildi.

Tadbir davomida tadbir ishtirokchilariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning har bir moddasi inson qadri uchun xizmat qilishini, Bosh qomusimizga kiritilayotgan barcha o‘zgartishlarning negizida O‘zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganligini ta‘kidlab o‘tildi.