Get Mystery Box with random crypto!

Eng kamida 40 yil orqadamiz(mi?) Bir qator tadqiqotlarga koʻr | Economix

Eng kamida 40 yil orqadamiz(mi?)

Bir qator tadqiqotlarga koʻra, 1980-yillarda butun dunyo boʻylab davlat oliy taʼlim muassasalarining faoliyatidan noroziliklar avjiga chiqqan. Ularning amalda samarasizligi, byurokratiya, yomon moliyaviy koʻrsatkichlar, tashqi muhit oʻzgarishlariga nisbatan moslashuvchanlikning yetishmasligi aksariyat davlatlar hukumatlarini oliy taʼlimning davlat sektorida bozor tamoyillarini tadbiq etishga undagan.

Natijada, hukumatlar:
Oliy taʼlimni davlat tomonidan moliyalashtirish hajmini qisqartira boshlaganlar;
Taʼlim muassasalaridan moliyaviy mustaqillikni talab qila boshlaganlar;
Taʼlim xizmatlari bozoriga xorijiy va xususiy universitetlarning kirib kelishiga imkon berish orqali raqobatni qoʼllab-quvvatlaganlar;
Oliy taʼlimda keng koʻlamli islohotlarni amalga oshira boshlaganlar.

@economix4all