Get Mystery Box with random crypto!

Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Telegram kanalining logotibi ecogovuz — Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology E
Telegram kanalining logotibi ecogovuz — Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology
Kanal manzili: @ecogovuz
Toifalar: Hayvonlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.88K
Kanalning ta’rifi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining rasmiy kanali:

• www.eco.gov.uz
• Facebook.com/ecogovuz
• youtube.com/c/ecogovuz
• twitter.com/ecogouz
• @ecogovuz_bot
Telefon: 998712071107

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 19

2023-03-19 09:30:36
Joriy yil 18 mart kuni Tabiat resurslari vaziri o‘rinbosari J.Kazbekov Andijon viloyatiga xizmati safari doirasida Jalaquduq tumanida bo‘lib,  manzarali daraxt va gulchilik ko‘chatlarini yetishtirishga ixtisoslashgan “Green World Landshaft ” MCHJda tashkil etilgan ko‘rgazmali amaliy seminarda ishtirok etdi.

Seminarda Tabiat resurslari vazirligidan viloyatga biriktirilgan vakil J.Bozorov, tuman hokimi X.Latipov,  olimlar, soha mutaxassislari, ko‘chatchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi vakillari hamda ekologiya sohasi faollari qatnashishdi.

Tadbirda, J.Kazbekov tomonidan daraxt va butalarni elektron bazaga joylashtirish va ularni doimiy nazorat qilib borish, ko‘chatlarni ekishda iqlim sharoiti, sug‘orish tizimiga alohida e’tibor qaratish,  ko‘chat ekish aksiyalarini uyushqoqlik bilan tashkil etish hamda yoshlarni ona tabiatga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va tavsiyalarini bildirdi.

Seminar davomida, faollar tomonidan tumandagi 63 ta MFY hududiga 20 ming tupdan ziyod manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Tabiat resurslari vazirligi Andijon viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
1.2K views06:30
Ochish/sharhlash
2023-03-19 08:25:19
Raqamli texnologiyalar vazirligi tanlov e’lon qiladi

Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi goʻzal yurtimizni yanada obod qilish maqsadida “Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki” chellenjini boshladi.

Maqsadimiz – bu xayrli harakatga koʻproq yoshlarni jalb qilib, Oʻzbekistonimizning tabiatini ozoda saqlash va “yashil makon” tashabbusiga oʻz hissamizni qoʻshishdir.

Chellenjga bagʻishlangan 10 ta eng yaxshi videorolik mualliflarining har biri noutbuk bilan mukofotlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun tayyorlagan videolaringizni ijtimoiy tarmoqlarga joylang va https://t.me/yurtimizniobodqilaylikbot botga yuboring.

Tanlov shartlari haqida batafsil: http://bit.ly/40cNKib

Eslatma: chellenj 15-aprelgacha davom etadi, soʻngra tahlillar natijasida gʻoliblar aniqlanadi.

Videoroliklarni topish oson boʻlishi uchun #yurtimizniobodqilaylik heshtegini qoʻyishingizni soʻraymiz.

Chellenjga qoʻshiling va uni ommalashtiring! Yurtimizni birgalikda obod qilaylik!

Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
2.0K views05:25
Ochish/sharhlash
2023-03-19 08:15:05
Bugun kunduz kuni Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° iliq bo’ladi.

**Poytaxtimizda
kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.
2.7K views05:15
Ochish/sharhlash
2023-03-18 16:07:37
Hashar ozodalik, saranjomlik, ahillik va yaratuvchanlik ramzidir!

Bugun mamlakatimiz boʼylab “Obod va fayzli mahalla – yurt koʼrki” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Tabiat resurslari vazirligi tomonidan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Galavasoy mahalla fuqarolar yig‘ini tog‘ oldi hududida daraxt ko‘chatlari ekish aksiyasi tashkil etildi.

Batafsil

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
1.7K views13:07
Ochish/sharhlash
2023-03-18 06:17:32
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Жиззах viloyatlarida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° iliq bo’ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuazaga kelishi mumkin. Respublikaning baland tog‘larida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.
1.5K views03:17
Ochish/sharhlash
2023-03-17 20:12:30
#YashilMakon

Bugun Tabiat resurslari vaziri oʻrinbosari J.Kazbekov Namangan viloyatiga xizmati safari doirasida Kosonsoy tumanida boʻlib, “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi doirasida tashkil etilgan ko'chat ekish aksiyasida ishtirok etdi.

Kosonsoy tumanida joriy bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 807 ming tupdan ortiq koʻchat oʻtqazish rejalashtirilgan.

Masʼullarning maʼlum qilishicha, tumanda bahorgi koʻchat ekish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrildi. Mavjud koʻchat zaxiralari oʻrganilib, hudud iqlim sharoitiga mos boʻlgan koʻchatlarni yetishtirish va yetkazib berish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliy ishlar olib borilmoqda.

Koʻchat ekish aksiyasi avvalida soʻzga chiqqanlar “Yashil makon” umummilliy loyihasining ahamiyati haqida toʻxtalib, ushbu xayrli ishda barchaning ishtiroki muhim ekanligini taʼkidladilar.

Aksiya davomida tumanning “Goʻrmiron” mahallasi hududida 4 gektarga yaqin maydonga 7000 tupdan ortiq archa, pavloniya, hind atirguli, mojjevelnik kabi manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Tabiat resurslari vaziri oʻrinbosari J.Kazbekov keng jamoatchilik vakillari qatorida barpo qilinayotgan “Yashil bogʻ” hududiga yaxshi niyat bilan daraxt koʻchati oʻtqazdi.

Tumanda koʻchat ekish ishlari davom ettirilmoqda.

Tabiat resurslari vazirligi Namangan viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
994 views17:12
Ochish/sharhlash
2023-03-17 18:09:09
#YashilMakon

Navoiy viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi qizg‘in davom ettirilmoqda

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
1.0K views15:09
Ochish/sharhlash
2023-03-17 18:07:03
Yoʻrgʻa tuvaloqlar tabiat bag'riga qoʻyib yuborilmoqda

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduxakimov Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida “Amirliklarning yoʻrgʻa tuvaloqni asrash markazi” nodavlat notijorat tashkilotida boʻlib, ushbu markaz faoliyati bilan tanishdi.

Hozirgi kunda markazda 3600 ga yaqin yoʻrgʻa tuvaloq parvarishlanmoqda. Markaz oʻz faoliyatini boshlagandan beri 18819 mingdan ziyod ushbu noyob qush tabiat bagʻriga qoʻyib yuborildi.

Markazda bu borada olib borilayotgan ishlar Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan yoʻrgʻa tuvaloqni saqlab qolish va koʻpaytirishda katta oʻrin tutmoqda.

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduxakimov Karmana tumanidagi choʻl hududida yoʻrgʻa tuvaloq qushlarini uchirish jarayonida ham ishtirok etdi.

Shu kuni 100 ta yoʻrgʻa tuvaloq tabiat bag'riga uchirib yuborildi.

Tomdi, Konimex va Uchquduq tumanlarining choʻl hududida mart oyi davomida yana 1500 dan ziyod markazda yetishtirilgan yoʻrgʻa tuvaloqlarni yovvoyi tabiatga uchirilishi rejalashtirilgan.

Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
955 views15:07
Ochish/sharhlash
2023-03-17 17:52:40 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qozogʻiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilinadi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–97-son, 17.03.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Tabiat resurslari vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
909 views14:52
Ochish/sharhlash
2023-03-17 15:54:26
Sarmishsoyda tozalik aksiyasi o'tkazildi

Bugun Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Navoiy viloyati Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida Navbahor tumanida joylashgan Sarmishsoy darasi hududida «Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz» shiori ostida tozalik aksiyasi tashkil etildi.

Unda 200 nafarga yaqin ko‘ngilli yoshlar va tashkilot xodimlari tomonidan hududda tozalik ishlari olib borildi.

Tadbir so‘ngida tozalik aksiyasida faol ishtirok etgan ishtirokchilarga hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site
271 views12:54
Ochish/sharhlash