Get Mystery Box with random crypto!

#rasmiy_munosabat Bugun, 5-aprel kuni Qashqadaryo viloyatinin | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

#rasmiy_munosabat

Bugun, 5-aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Yashnobod mahallasi hududiga O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq tushib kelganligi to‘g‘risida xabar qilingan edi.

Hozirda ushbu ayiq tumanning Yashnabod MFY Beshchashma hududidan oqib o‘tuvchi Qumdaryo daryosiga yaqin hududdagi jarlikda hosil bo‘lgan g‘or ichiga kirib olgan.

Ushbu hudud Tabiat resurslari vazirligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va tuman hokimligi mutasaddilari, tuman ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari xodimlari tomonidan muhofazaga olinib, aholi va qo‘ng‘ir ayiqning xavfsizligi taʼminlanmoqda.

Mazkur hududga vaziyatni bartaraf etish maqsadida Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislaridan iborat guruh jalb qilingan.

Takidlash, joyizki ayiq bilan bog‘liq vaziyatda hech kimga zarar yetmagan.

Holat bo‘yicha Tabiat resurslari vazirligining rasmiy sahifalarida qo‘shimcha maʼlumot beriladi.