Get Mystery Box with random crypto!

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilma | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° iliq bo’ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-25° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, baland tog’li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.

http://www.hydromet.uz