Get Mystery Box with random crypto!

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, T | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba'zi joylarda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° iliq bo’ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, baland tog’li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.

http://www.hydromet.uz