Get Mystery Box with random crypto!

Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqasi Maqomi: Zaif, kamayib borayotgan | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqasi

Maqomi:
Zaif, kamayib borayotgan Oʻrta Osiyo endemik turi. Oʻzbekiston Qizil kitobi va TMXIning Qizil roʻyxatiga kiritilgan [VU].

Tarqalishi: Mamlakatimiz hududining barcha tekislik qismlarida tarqalgan. Oʻzbekistondan tashqarida: Qozogʻiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Tojikiston, Eron, Afgʻoniston, Shimoli-gʻarbiy Xitoy va Shimoliy Pokiston.

Yashash tarzi: Kunduz paytlari faol hayot kechiradi. Iyun oyida yozgi uyquga ketadi, keyinchalik u qishki uyquga ulanib ketadi. Efemer oʻsimliklar, koʻp yillik oʻt va butalar bilan oziqlanadi.

Muhofaza choralari: Qizilqum, Surxon, Nurota davlat qoʻriqxonalarida va “Jayron” ekomarkazida muhofaza ostiga olingan. SITESning II ilovasiga kiritilgan.

Tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi “Qizilqum” davlat qoʻriqxonasi hududida suratga olingan.

Instagram | Facebook | Youtube | Telegram |Web-site