Get Mystery Box with random crypto!

Kuzda ko‘chat ekishning afzalliklari Bahorgi ko‘chat ekish ma | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Kuzda ko‘chat ekishning afzalliklari

Bahorgi ko‘chat ekish mavsumi juda qisqa bo‘lganligi tufayli kuzda ekilgan ko‘chatlarni doim sug‘orish talab etilmaydi. Bir marta sug‘orilsa, havoning salqinligi va yog‘ingarchiliklar ko‘chat uchun kerakli namlikni ta'minlaydi.

Ko‘chatlar kuzda ekilganda bahorgacha ildiz otishi uchun imkoniyat bo‘ladi va bahorda haroratning ko‘tarilishi natijasida tezroq unib o‘sadi. Oktabr oyining oxiri va noyabr oyi boshlarida ko‘chatlarni ekish samarali natija beradi.

E’tiborli jihati shuki, mamlaktimizning turli iqlim sharoitlarini hisobga olib, ko‘chat ekish ishlarida taqvimga qarab emas, ob-havoga e’tibor qaratgan ma’qul. Ekish yoki ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tqazishdagi eng yaxshi vaqt bu daraxtlarning biologik uyqu davri hisoblanadi. Chunki ko‘chat ildizining o‘sishi tuproq harorati 4 gradusga tushgunga qadar davom etadi.

To‘ychi Uzoqov, Forish tumani o‘rmon va ov xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i