Get Mystery Box with random crypto!

Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bos | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muhofaza qilish bo‘limi tomonidan olib borilgan ekologik nazorat reyd tadbirlarida Gʻallaorol tumani hududidan oqib o‘tuvchi "Sangzor" daryosi o‘zanidan fuqaro B.S. qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy ravishda ortib ketayotganligi aniqlandi.

Fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va BHMning 10 barobari miqdorida jarima belgilandi.

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati